Ingliz tili grammatikasi (Rustamov, Asiryans)
Muallif(lar) |
Muhibbek Rustamov Margarita Asiryans |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | grammatika |
Nashriyot | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi nashriyoti |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2006 |
Sahifalar soni | 111 |
„Ingliz tili grammatikasi“ — Muhibbek Rustamov hamda Margarita Asiryans qalamiga mansub ingliz tili grammatikasi boʻyicha qoʻllanma. 2006-yil Toshkent shahrida chop etilgan. Qoʻllanma Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi buyurtmasi bilan tayyorlangan va akademiyaning ingliz tilini oʻrganayotgan talabalariga moʻljallangan boʻlsa-da, undan ingliz tilini oʻrganayotgan barcha kitobxonlar foydalanishi mumkin.
Qoʻllanmada ingliz tili grammatikasi qisqacha tushuntirish matnlari va jadvallar yordamida mujassamlashtirilgan holda bayon qilingan. Xususan, kitobda ingliz tilining sodda grammatikasi doirasida ot, olmosh, son, sifat, feʼl, sifatdosh, modal fe’l, bogʻlovchi va old koʻmakchilar (predloglar) hamda gapdagi soʻz tartibi kabi mavzular yoritilgan.
Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: A. Abduazizov, A. Rahmonov – taqrizchilar, B. Yarov, A. Kurganov – muharrirlar, S. Yashina – texnik muharrir. Kitob adadi – 100 nusxa.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Ingliz tili grammatikasi“ Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi saytida (Wayback Machine saytida 2020-01-10 sanasida arxivlangan)
- "Hasanboy rasulov Ingliz tili grammatikasi" (Wayback Machine saytida 2020-11-29 sanasida arxivlangan)