Injektor
Injektor (frans. injecreur, lot. injicio — tashlayman) — gaz va bugʻni qisish, suyuklikni turli apparatlar va idishlarga haydash uchun moʻljallangan nasos. Ishi bugʻ oqimi kinetik energiyasini suvning potensial energiyasiga aylantirishga asoslangan. I. da harakatlanuvchi qismlar boʻlmaydi, tuzilishi sodda.
I., asosan, bir oʻkda joylashgan 3 konus: but soplosi, aralashtirgich (konfuzor) va bosim beruvchi diffuzordan iborat (rasm). Qozondan kelgan bugʻ soplodan oʻtadi, aralashtirish kamerasida kondensatlanib, boʻshliq (vakuum) hosil qiladi. Suv taʼminlash trubasi orqali aralashtirish kamerasiga kiradi. Diffuzorda suv va bug kondensati aralashmasining harakatlanishi natijasida bosim hosil boʻladi. Suv diffuzordan teskari klapan orqali qozonga kiradi. I. ga kiradigan suv temperaturasi 40° dan, soʻrish bal. 2,5 m dan oshmasligi kerak. Gaz, bugʻ yoki suyuqlikni soʻrish uchun moʻljallangan I. ejektor deb ataladi. I. parovoz, lokomobil va kichik qozon qurilmalarda suvni bug qozoniga hay-dashda qoʻllanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |