Inna Leman-Balanovskaya
Inna Leman-Balanovskaya | |
---|---|
Inna Nikolayevna Leman-Balanovskaya Gottingen universiteti talabalari orasida. Chapdan uchinchida turgan professor. | |
Tavalludi |
18-iyun 1881-yil Sankt-Peterburg |
Vafoti |
1945-yil aprel Toshkent, OʻzSSR, SSSR |
Fuqaroligi | Rossiya imperiyasi SSSR |
Ilmiy darajasi | Fan doktori |
Akademik rahbarlari | Karl Shvarsshild |
Inna Nikolayevna Leman-Balanovskaya (18-iyun 1881-yil, Peterburg – 1945-yil aprel, Toshkent) – rus va sovet astronomi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Inna Nikolayevna zodagon oilada tavallud topgan. Otasi Rossiya vazirliklaridan birida katta lavozimda ishlagan. 1899–1903-yillarda Bestujev nomidagi Oliy ayollar kurslarining fizika - matematika fakultetida tahsil olgan.
1903-yilda Sankt-Peterburgning Gidrologiya boʻlimiga hisobchi sifatida oʻqishga kirgan[1].
Leman-Balanovskaya 1905-yilda oʻqishni davom ettirish uchun chet elga joʻnadi va vaqti-vaqti bilan Sorbonnada maʼruzalar kursida qatnashdi. Soʻngra astrofizikaga qiziqib, Göttingen universitetiga oʻqishga kirdi va u yerda professor Karl Shvartsshild rahbarligida tahsil oldi va ishladi.
Inna 1910-yilda universitetni imtiyozli diplom bilan tugatib, falsafa fanlari doktori ilmiy darajasini oldi. Sankt-Peterburgga qaytib, Bestujev kurslarining astrofizika boʻlimida ishlay boshladi va 1913-yilda Pulkovo rasadxonasiga hisobchi olima sifatida oʻqishga kirdi[2].
Olima 1914-yilda Pulkovo astronomi I. A. Balanovskiyga turmushga chiqdi va u bilan birga Nikolayev rasadxonasiga joʻnab ketdi.
Balanovskiylar oilasi 1918-yilda Pulkovo rasadxonasiga qaytib kelishdi va u yerda 1937-yilgacha ishladilar.
1937-yil 7-sentyabrda bir guruh Pulkovo astronomlari, shu jumladan Inna turmush oʻrtogʻi bilan birga „pulkovskomu delu“ deb nomlangan jinoyatda hibsga olindi.
Leman-Balanovskaya 1937-yil 9-oktabrda Vatan xoini oilasi aʼzosi sifatida besh yilga ozodlikdan mahrum etildi. Jazoni NKVD SIBLAGning Narim boʻlimida oʻtadi.
Astronom Inna 1942-yilda ozod qilindi va 1989-yil 12-iyunda reabilitatsiya qilindi[3].
1943-yilda Ulugʻ Vatan urushi davrida Kitabskaya xalqaro kenglik stansiyasiga evakuatsiya qilindi va Simeiz rasadxonasida ishladi.
Inna Nikolayevna 1945-yilda Toshkentda tifdan vafot etdi.
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Leman-Balanovskaya asosan kuzatuv astronomiyasi sohasida ishlagan. 1905-yilda Odessa yulduzlar katalogini yaratishda qatnashgan. U oʻzgaruvchan yulduzlar, tumanliklar, kichik sayyoralar, kometalarni va Saturn sunʼiy yoʻldoshlari kuzatish bilan shugʻullangan. Inna atmosferaning yutilishini, yulduzlarning miltillashini oʻrganish bilan shugʻullangan. Neuymin 2 kometasining harakatini oʻrgangan.
Xotirasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]G. N. Neuymin tomonidan 1915-yil 5-sentyabrda Simeiz rasadxonasida kashf etilgan kichik sayyora Inna Leman-Balanovskaya nomi bilan atalgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ [https://nkvd.tomsk.ru/researches/passional/leman-balanovskaya-inna-nikolaevna/ „Леман-Балановская Инна Николаевна“]. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.
- ↑ „БАЛАНОВСКАЯ (ЛЕМАН) Инна Николаевна“. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.
- ↑ „Леман-Балановская Инна Николаевна (1881)“. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.