Kontent qismiga oʻtish

Innervatsiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Innervatsiya (lotincha in — ichga, nervus — nerv) — odam va hayvonlar aʼzolari hamda toʻqimalarining markazga intiluvchi va markazdan qochuvchi nerv (asab) tolalari orqali markaziy nerv sistemasi bilan bogʻlanishi. Toʻqima va aʼzolardagi qoʻzgʻalish markazga intiluvchi (afferent) nerv tolalaridan markaziy nerv sistemasiga boradi va undan markazdan qochuvchi (efferent) nerv tolalari orqali ishchi aʼzolarga qaytadi. I. tufayli organizm tashqi va ichki muhit taʼsiriga javob kay-taradi. Ayrim aʼzolar (mas, skelet muskullari)ning faoliyati faqat efferent I. hisobiga roʻy beradi. Baʼzi aʼzolar (mas, yurak, ichak qisqarishi) shu aʼzolarning oʻzida paydo boʻlgan im-pulslar taʼsirida I.lanadi (yana q. Avtomatizm, Nerv regulyasiyasi). [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil