Inshaalloh
Inshaalloh (/ɪnˈʃɑːlə/ ; arabcha: إِنْ شَاءَ ٱللَّٰهُ), shuningdek, In shaa Allah, Insha Alloh va In sha Alloh shakllari ham mavjud boʻlib, arab tilidagi ibora hisoblanadi. U „Xudo (Alloh) xohlasa“ yoki „Xudo (Alloh) istasa“ degan maʼnoni bildiradi[1]. Mazkur jumla Qur’onning Kahf surasida tilga olingan boʻlib, kelajakdagi voqealar haqida gapirganda undan foydalanish kerakligi xususida aytiladi[2]:
Zinhor bir narsani: „Buni ertaga albatta qilguvchiman“, dema. Magar: „Alloh xohlasa“, degin. Qachonchi unutsang, Robbingni esla va „Shoyadki, Robbim meni bundan yaxshiroqqa yaqin boʻlishimga hidoyat qilsa“, degin.
— Qurʼon, Kahf surasi 23–24-oyatlar, Tafsiri hilol, 3-juz, 480-bet[3].
Islomiy kontekstda Alloh xohlamasa, hech narsa sodir boʻlmaydi va uning irodasi barcha inson irodasidan ustun turadi, degan ishonchni ifodalaydi[4]. Ammo, bu ibora odatda musulmonlar, arab nasroniylari va boshqa dinlarga mansub arab tilida soʻzlashuvchilar tomonidan kelajakda sodir boʻlishiga umid qiladigan voqealarga ishora qilish uchun ishlatiladi va oʻzbekcha „umid qilaman“ soʻzi bilan bir xil maʼnoga ega[4][5].
Bu ibora istehzoli kontekstga ega boʻlib, biror narsa hech qachon sodir boʻlmasligini va Xudoning qoʻliga topshirilishini anglatadi yoki takliflarni rad etishning yumshoq usuli sifatida qoʻllanishi ham mumkin[6].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Besiyata Dishmaya – oromiy tilidagi ibora „jannat yordamida“ degan maʼnoni anglatadi.
- Xudoning marhamati bilan
- Islomda taqdir
- Islom dinida ishlatiladigan iboralar
- Alhamdulilloh – „Allohga hamdlar boʻlsin“
- Zikr – Allohni zikr qilish
- Mashalloh – „Xudo xohladi“
- Kalimai shahodat – Islomiy eʼtiqod bayonoti
- Takbir – arabcha ibora „Allohu ʾAllāhu ʾakbaru“ maʼnosini bildiradi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Clift, Rebecca; Helani, Fadi (June 2010). "In Sha'Allah: Religious invocations in Arabic topic transition". Language in Society 39 (3): 357–382. doi:10.1017/S0047404510000199. http://journals.cambridge.org/action/displayAbstract?fromPage=online&aid=7732876.
- ↑ Abdur Rashid Siddiqui. Qur'anic Keywords: A Reference Guide. Kube Publishing Ltd., 2015-12-10. ISBN 9780860376767.
- ↑ Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol, Tuzatilgan va qoʻshimcha qilingan ikkinchi nashr, Toshkent, 2008 — 671-bet. ISBN 978-9943-7034-8-3.
- ↑ 4,0 4,1 John L. Esposito, ed (2014). "In Sha Allah". The Oxford Dictionary of Islam. Oxford: Oxford University Press. doi:10.1093/acref/9780195125580.001.0001. ISBN 9780195125580. https://archive.org/details/oxforddictionary00bada.
- ↑ Anthony Shadid. „Allah – The Word“. The New York Times (2010-yil 11-yanvar).
- ↑ Ismail. „The One-Word Mystery of the Presidential Debate That Roused Muslims (and Right-Wing Bloggers)“ (en). Slate Magazine (2020-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 30-sentyabr.