Inson huquqlari toʻgʻrisida paktlar
Inson huquqlari toʻgʻrisida paktlar — Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi 1966-yil 16 dekabrda qabul qilgan paktlar. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquklar toʻgʻrisida xalqaro pakt hamda Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisida xalqaro paktdan iborat. Ular xalqaro shartnoma kuchiga ega boʻlib, davlatlarning oʻz yurisdiksiyasida boʻlgan shaxslarga muayyan huquklarni berish yuzasidan majburiyatlarini belgilaydi, I. h. t. p.ga qoʻshilgan har bir davlat tomonidan tegishli qonun va b. tadbirlarni joriy etish orqali amalga oshiriladi. I. h. t. p.da xalqlarning oʻz taqdirini oʻzi belgilash va shu bilan boglik holda tabiiy boyliklarini oʻzi erkin ravishda tasarruf etish huquqi taʼkidlangan. Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohalardagi huqukdar, jumladan, mehnat qilish huquqi, dam olish huquqi, yetarli turmush darajasiga erishish va yashash sharoitini uzluksiz yaxshilab borish huquqi, ijtimoiy va boshlangʻich bepul taʼlim olish huquqi, madaniy hayotda qatnashish va ilmiy ta-raqqiyot samaralaridan bahramand boʻlish huquqi va b. koʻzda tutilgan. Shuningdek, fuqarolik va siyosiy huquklar, avvalo, har bir inson yashash huquqiga ega ekanligi koʻrsatilib, hech kim qullikda, zabunlikda tutilmasligi, qiynoqlarga solinmasligi, xoʻrlanmasligi, shafqatsiz muomalaga du-chor qilinmasligi zarur, degan talablar olgʻa surilgan. Erkinlik va daxlsizlik huquqi; qonun va sud oldida tenglik; jinoiy va fuqarolik sud ishlarini yuritish kafolati; oʻzbo-shimchalik bilan va qonunga xilof ravishda shaxsiy va oilaviy turmushga aralashmaslik; turar joy daxlsizligi; yozishma siri; inson shaʼni va ob-roʻsiga qonunsiz tarzda tajovuz qil-maslik; fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqi; tinch yigʻilishlar oʻtkazish va uyushma tuzish erkinligi xuquqi; ham bevosita, ham erkin saylangan vakillar orqali davlat ishlarini yuritishda qatnashish; ovoz berish va saylanish huquqi; hech bir moneliksiz oʻz fikrida turish huquqi kabilar ham I. h. t. p.da eʼtiborga olingan. Oʻzbekiston Respublikasi 1995 y. 31-avgustda I. h. t. p.ga qoʻshilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |