Kontent qismiga oʻtish

Intendant

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Intendant (frans. intendant — boshqaruvchi, mudir) — 1) 15—18-asrlarda Fransiyada davlat boshqaruvining alohida sohasi (savdo, moliya va b.)ni boshqargan mansabdor shaxs; 17—18-asrlarda, shuningdek, sudpolitsiya, moliya va baʼzi joylarda qisman harbiy hokimiyatni boshqargan viloyat I.lari ham mavjud boʻlgan; 2) qurolli kuchlarda qoʻshin taʼminoti masalalarini hal qiluvchi shaxs. 17-asrdan Fransiya, Germaniya, Avstro-Vengriya, Rossiya, sobiq shoʻro qurolli kuchlari (1940-55, 1958—59) va b. davlat armiya va flotlarida ham mavjud boʻlgan. Oʻrta Osiyo harbiy tarixidagi yurtovul, yurtchi, moʻgʻullardagi cherbi istilohlari I.ga taxminan mos keladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil