Kontent qismiga oʻtish

Interiorizatsiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Interiorizatsiya (lot. interior -ichki) — tashqi real xattiharakatlarning ichki harakatlarga aylanish ja-rayoni; tashqi ijtimoiy faoliyatni oʻzlashtirish tufayli odam ichki psixikasining shakllanishi. I. atamasini fransuz psixologlari P. Jane (18591947), J. Piaje (1896-1980), A. Vallon (1879—1962) va b. muomalaga kiritishgan. E. Dyurkxeym asarlarida u ijtimoiylashuv tushunchasi bilan bogʻlab berilgan. "I." tushunchasi inson faoliyati va ongining oʻzaro bogʻliqligini, inson mehnati mahsullari bilan oʻzaro munosabat jarayonida ijtimoiy-tarixiy tajribani odam qanday oʻzlashtirishi mumkinligini koʻrsatadi. Soʻzlashishga oʻrganish I.ning muhim omili hisoblanadi; bunda ham avvalgi avlodlar tajribasining umumlashgan shakldagi koʻrinishi bor. I. insonga ayni pallada uning idroki doira- I sida boʻlmagan narsalarni timsollar I orqali anglash, fikran oʻtmishga, ke- h lajakka, makonga va sh.k.ga oʻtish imkonini beradi. I. shaxs insoniy qad-riyatlarni oʻzlashtirishi tufayli haqiqiy inson psixikasi shakllangan- h ligini koʻrsatadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil