Kontent qismiga oʻtish

Intervensiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Intervensiya (lotincha interventio -aralashuv) — bir yoki bir necha davlatning boshqa bir davlat ichki ishlariga zoʻrlik bilan aralashuvi, uning hududiy yaxlitligi yoki siyosiy mustakilligiga qarshi qaratilgan harakatlari. Bunday harakatlar BMT ustavi bilan man qilingan. Harbiy (qurolli), iqtisodiy, siyosiy I. boʻlishi mumkin. Qurolli I. agressiya sifatida baholanadi. Bundan tashqari, intervent davlatlar soniga qarab alohida bir davlatning yoki bir necha davlatning I.si boʻladi, shuningdek, chet el davlati hududiga qurolli kuchlar oshkora bostirib kirishi va yashirin, pinhona tarzda kirishi ham mumkin. Xalqaro huquqda I.ning har qanday koʻrinishi va shakllari taqiqlangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil