Kontent qismiga oʻtish

Intizom

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Intizom — kishilar, jumladan, mehnat jamoasi aʼzolarining jamiyatda tarkib topgan huquq va axloq meʼyorlariga, shuningdek, biron-bir tashkilot talablariga javob beradigan muayyan xulq-atvor va oʻzini tutishga oid tartibqoidalar. Intizom odamlarning birgalikda yashashi va faoliyat yuriti-shini maʼlum bir tartibga solib turadi. Bunga esa mazkur ijtimoiy meʼyorlar va qonunqoidalarni oʻzlashtirish, shu bilan birga zarur boʻlganda axloqiy, huquqiy va maʼmuriy javobgarlik va jazo choralarini qoʻllanish yoʻli bilan ham erishiladi. Intizomning quy-idagi turlari mavjud: ichki intizom (shaxsning oʻzini-oʻzi intizomlilik ruhida tar-biyalashi); hamma uchun umumiy intizom (xu-susan, davlat intizomi); maxsus intizom — muayyan tashkilot aʼzolari yoki maʼlum toifadagi kishilar uchungina belgilangan intizom (mas, mehnat intizom i, harbiy intizom kabi).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil