Kontent qismiga oʻtish

Invertor

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Invertor (lotincha: inverto — agʻdaraman, oʻzgartiraman) — 1) elektrotexnikada — oʻzgarmas elektr tokini bir yoki koʻp fazali oʻzgaruvchan tokka oʻzgartiruvchi boshqariladigan elektr ventilli qurilma. Bog'liq, (mustaqilmas) va mustaqil xillari bor. Bogʻliq I.da tok chastotasi elektr tarmogʻining tok chastotasi bilan aniqlanadi; musta-qil I.da tok chastotasi I. bilan nagruzkaning elektr zanjirlarini boshqarish rejimlari va parametrlariga boglits bo‘ladi (rasm). I. yuqori voltli oʻzgarmas tok elektr uzatish liniyalarida, induksion pechlarda, elektr bilan tortish qurilmalari va b.da qoʻllanadi; 2)radiotexnikada — radioqurilma kirishidagi elektr signalining amplitudasi, qutbliligi va fazasi chiqishidagi shu parametrlarga Karaganda teskari oʻzgaradigan elektr zanjiri yoki elektron qurilma; 3) qisoblash texnikasida — elementar mantiqiy operatsiya — "yoʻq"ni aniqlaydigan elektron qurilma. Potensial va impulsli xillari bor. Potensial I. qurilma kirishida kuchlanish sathi yuqori boʻlganda chiqishida past boʻlishini taʼminlaydi va aksincha. Impulsli I. impulsli signallarni oʻzgartirib beradi. Analog hisoblash mashinalarida I. kirish signali qutbliligini teskari qutblikka oʻzgartirib beradi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil