Kontent qismiga oʻtish

Ioannis Fountoulis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ioannis Fountoulis

Fountoulis 2015-yilgi jahon chempionatida
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Yunoniston bayrogʻi Gretsiya
Tavallud sanasi 25-may 1988-yil (1988-05-25) (36 yosh)
Chios, Gretsiya
Boʻyi 186 sm
Vazni 90 kg
Sport
Qaysi sport Vaterpolo
Klubi Olimpiakos
Faol tomoni Oʻnaqay

Ioannis Fountoulis (yunoncha: Γιάννης Φουντούλης; 1988-yil 25-may) — Gretsiyalik professional vaterpolochi. U hozirda Gretsiya erkaklar milliy vaterpolo jamoasi sardori. Ioannis jamoasi bilan birga 2015-yilgi jahon chempionatida va 2016-yilgi jahon ligasida bronza medallarni qoʻlga kiritgan. 2012 va 2016- yilgi olimpia oʻyinlarida qatnashgan[1][2]. 2009-yildan beri Gretsiyaning „Olimpiakos“ jamoasida faoliyat yuritib kelmoqda. Fountoulis 2017—2018-yilgi mavsum chempionlar ligasi chempioni[3]. Chempionlar ligasining final bosqichida Italiyaning Pro Recco klubiga qarshi oʻyinda toʻrtta gol kiritishga muvaffaq boʻlgan. U jahonning eng yaxshi vaterpolochilardan biri hisoblanadi. 2016 va 2018- yillarda dunyoning ikkinchi raqamli eng yaxshi vaterpolochisi sifatida eʼlon qilingan.

Fountoulis 23 ta gol bilan 2017-yilgi jahon chempionati toʻpurari va 17 ta gol(Aleksandar Ivovich ham 17 ta gol) bilan 2018-yilgi yevropa chempionati toʻpurari boʻlgan[4][5]. Fountoulis 2015 va 2017-yilgi jahon chempionatining ramziy terma jamoasiga kiritilgan[6][7]. „Olimpiakos“ klubi safida olti marta (2012-2017-yillar orasida) Gretsiya vaterpolo ligasining eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. Ioannis 2012—2013, 2014—2015 va 2016—2017-yilgi mavsumlarda Gretsiya vaterpolo ligasi[8][9][10] ,shuningdek, 2011, 2013 va 2018-yillarda Gretsiya kubogining eng yaxshi vater polochisi deb topilgan[11][12][13].

2018-yilning iyun oyi holatiga koʻra, Fountoulis vaterpolo boʻyicha oʻtkazilgan chempionlar ligasida 148 ta gol urgan. Ioannis nufuzli Yevropa musobaqalari tarixida eng koʻp gol urgan grek vaterpolochisi sifatida tarixga kirgan[14].

Fountoulis Tokio-2020 yozgi olimpiada oʻyinlarining yopilish marosimida Gretsiya davlat bayrogʻini koʻtarishdek sharafga sazovor boʻlgan[15]. Olimpiadaning ochilish va yopilish marosimlarida bayroqdor boʻlgan 28-vaterpolochi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Giannis Fountoulis Bio, Stats, and Results“ (en). Olympics at Sports-Reference.com. 2018-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-avgust.
  2. „Οι αγώνες της Εθνικής Πόλο Ανδρών στο Ρίο“ (el). sport-fm.gr. Qaraldi: 2017-yil 8-avgust.
  3. Olympiacos is back to the Olympos after 16 years. LEN official website. 9 June 2018.
  4. Γράφει ιστορία ο Φουντούλης. gavros.gr. 29 July 2018. (in Greek).
  5. Πρώτος σκόρερ στην Ευρώπη ο Φουντούλης. gavros.gr. 29 July 2018. (in Greek).
  6. Among other water players who were also presented with individual awards were Josip Pavic, Petar Muslim, Francesco Di Fulvio, Alexandr Axenov, Ioannis Fountoulis, Aaron Younger. kazan2015.com. 8 August 2015
  7. Στην καλύτερη επτάδα και πρώτος σκόρερ ο Φουντούλης. aquafeed24.com. 29 July 2017. (in Greek).
  8. Ολυμπιακός: MVP πρωταθλήματος ο Φουντούλης. onsports.gr, 28 May 2013. (in Greek).
  9. Πόλο: MVP του πρωταθλήματος ο Φουντούλης. Συγκέντρωσε συνολικά 132 βαθμούς και κατέλαβε τη πρώτη θέση, φτάνοντας για δεύτερη φορά σε αυτή τη διάκριση μετά το 2013. naftemporiki.gr, 4 June 2015. (in Greek).
  10. Ioannis Fountoulis. nbcolympics.com
  11. Ολυμπιακός-Πανιώνιος 10-8. MVP του τελικού αναδείχθηκε ο Γιάννης Φουντούλης. gazzetta.gr, 4 June 2011. (in Greek).
  12. Βουλιαγμένη-Ολυμπιακός 5-6. Ο πολυτιμότερος παίκτης του Final Four, Γιάννης Φουντούλης πέτυχε ουσιαστικά το γκολ της νίκης δύο λεπτά και 22 δευτερόλεπτα πριν από το φινάλε. sport24.gr, 18 May 2013. (in Greek).
  13. Ολυμπιακός-ΑΝΟ Γλυφάδας 14-8. MVP του 19ου Final-4 αναδείχθηκε ο Γιάννης Φουντούλης του Ολυμπιακού. aquafeed24.gr, 11 June 2018. (in Greek).
  14. Με διαφορά πρώτος Έλληνας σκόρερ στο Τσάμπιονς Λιγκ ο Φουντούλης. aquafeed24.gr, 11 June 2018. (in Greek).
  15. „List of flagbearers for the 205 NOCs and the IOC Refugee Olympic Team“. olympics.com. International Olympic Committee. Qaraldi: 2021-yil 8-avgust.