Iogan Fixte
logan Fixte (1762-1814 yy.)
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nemis falsafasining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri. Fixte hunarmand to‘quvchi oilasida dunyoga kelgan. U bolalik va o‘smirlik yillarini kambag‘allikda o‘tkazdi. Tasodifiy bir hol uning o‘rta maktabni tugatib, universitetga kirib o‘qi- shiga sabab bo‘ldi. Mahalliy zamindor qishloqdan kelgan bu bolaning xotirasiga qoyil qoladi, ruhoniy o‘qigan duoning so‘zlarini hech yanglishmay, to‘la takrorlashidan hayratlanib, uni homiylikka oladi va o‘qishini davom ettirish uchun moddiy yordam berib turadi. Fixte avval Iena umversitetida, keyinchalik Leypsig universitetining ilohiyot fakultetlarida taʼlim oladi. Fixte ilohiyot fakultetida o‘qib yurgan chogʻlarida falsafa, adabiyot va huquqshunoslik fanlarini ham sevib o‘rgana boshladi. Biroq zamindorning vafoti Fixtening universitetni tugatishi uchun ancha qiyinchilik tug‘dirdi. Hatto bitiruv imtihonlarini topshirishga ham pul topa olmadi. Keyinchalik uni pastorlik lavozimiga tayinlashmoqchi boʻlganlarida, u bu lavozimdan voz kechadi. Sababi universitetda o‘qib yurgan chog‘larida u hurfikrlikka mubtalo boʻlgan edi. U bir necha yillar davomida uyda dars berish bilan tirikchiligini o‘tkaza boshladi. Fransiyada inqilob boshlangandan keyin u uana o‘z vataniga qaytadi. 1791-yili Fixte Keninsberg shahriga kelib, Kant bilan suhbatlashish baxtiga muyassar boʻladi. Oldiniga Kant uni sovuqqina kutib oladi. Bu hol Fixteni Kantning maʼruzalaridan soviy boshlashiga olib keladi va uning maʼruzalarini uyqu keltiradigan maʼruzalar deb biladi. Kant Fixtening „Har qanday bashoratning tanqidiy tajribasi“ nomli risolasini o‘qigach, unga boʻlgan munosabati ijobiy tomonga o‘zgara boshlaydi. Fixtening bu asari Kantning ilohiyot to‘g‘risidagi fikri bilan hamohang bo‘lganligi uchun Kant uning keyingi asarini chop etishga yordam beradi. Fixte shundan so‘ng tez orada nemis ziyolilari o‘rtasida shuhrat va obro‘ga ega bo‘la boshlaydi. Fixte o‘z falsafiy qarashlarida ijtimoiy ongni o‘zgartirish, ijtimoiy ong orqali ijtimoiy borliqni o‘zgartirish masalasini ilgari suradi.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Har qanday bashoratning tanqidiy tajribasi“, „Fanlarni o‘rganish asoslari“, "Olimning mas’uliyati haqida muhokamalar, „Tabiiy huquq asoslari“ va boshq.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gʻarb falsafasi tarixi. Toshkent 2018
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |