Ion Iliescu
Ion Iliyesku (1930.3.3, Oltenitsa) — Ruminiya davlat va siyosat arbobi. Buharest politexnika institutini tugatgan. 1946—67 yil larda Ruminiya Kommunistik yoshlar ittifoqi MK, talaba kommunistlar assotsiatsiyasi ittifoqida turli lavozimlarda ishlagan. 1957 yildan Oliy milliy majlis deputati. 1967—71 yil larda Ruminiya kommunistik yoshlar ittifoqi MK birinchi kotibi va yoshlar ishlari boʻyicha vazir. 1968 yildan Ruminiya KP MK aʼzosi. 1971 yildan Ruminiya KP MK kotibi. 1974—79 yil larda uyezd partiya komitetlarida ishlagan. 1979—84 yil larda suv xoʻjaligi milliy kengashi raisi, hukumat aʼzosi. N. Chaushesku siyosatiga karshi chiqqanligi uchun 1984 yil Ruminiya KP MK tarkibidan, Oliy milliy majlis deputatligidan chiqarilgan. Ilmiy-texnika adabiyotlari nashriyoti direktori boʻlib ishlagan. 1989 yil 26 dekabr dan N. Chaushesku agʻdarilgandan keyin tuzilgan Milliy qutqarish fronti kengashi raisi, 1990 yil 13 fevral dan Muvaqqat milliy kelishuv kengashi raisi. 1990—96 yil va 2000 yil dekabr dan Ruminiya prezidenti.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]