Kontent qismiga oʻtish

Ion almashtiruvchi smolalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ion almashtiruvchi smolalar — yuqori molekulali sintetik (polimer) organik ionitlar. Ular erimaydi, elektrolit eritmalari organik erituvchilarda chegaralangan miqdorda boʻkadi, suvli va suvsiz organik erit-malarda ion almashtiradi. Ionitlarning umumiy tasnifga muvofiq, I.a.s. kation almashtiruvchi (polikislotalar), anion almashtiruvchi (poliasoslar) va amfoter yoki bipolyar (poli-amfiliotlar) turlarga boʻlinadi. Kation almashtiruvchi smolalar kuchli va kuchsiz kislotali, anion almashtiruvchi smolalar esa kuchli va kuchsiz asosli boʻladi. Smolalarda faqat bir xil ionogen guruhlar (mas, sulfoguruh) boʻlsa — monofunksional guruhlar deb, har xil ionogen guruhlar boʻlsa — polifunksional guruhlar deb ataladi.

I. a. s. ga erimaydigan polielektrolitlarayeb qarash mumkin. Polivalent (koʻp zaryadli) ion mol. katta boʻlganidan amalda qarakatlanmaydi. I. a. s. poli-merlanish, polikondensatlanish yoʻli bilan yoki ionit xossalariga ega boʻlmagan polimerii kimyoviy ishlash yoʻli bilan olinadi. I. a. s. suv tarkibidagi tuzni ketkazish, nodir elementlarni ajratib olish, organik va anorganik sintez mahsulotolarini tozalashda qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil