Ion emissiya
Ion emissiya — qattiq jism (emitter) ni qizdirganda, yoritilganda yoki elektron va ion bilan bombardimon qilganda, ular sirtidan manfiy va musbat ionlarning otilib chiqishi. Ionning emitterdan chiqishi uchun ion yetarli darajada kinetik energiyaga ega boʻlishi kerak. Bu energiya miqdori emitter xususiyatlariga va tashqi sharoitga bogʻliq. Ion kinetik energiya-sining oʻzgartirilishiga qarab, I. e. termoin emissiya, ion-ion emissiya, elektronion emissiya, fotodesorbsiya turlarga boʻlinadi.
Termoion emissiyada jism qizdirilib ion energiyasi oʻzgartiriladi va natijada emitter sirtidan ionlar chiqadi. Maʼlum vaqtda emitter sirtidan chiqayotgan ionlar nj ning shu sirtdan ajralayotgan neytral zarralar p0 ga nisbati termoion emissiyaning miqdor harakteristikasi hisoblanadi. Agar emitter kuchli elektr maydoni (YE—10° V/sm) da boʻlsa, emitterdan ionlarning chiqishi past tralar (T < 20°) da boʻlishi mumkin (avtoion emissiya). Termoion emissiya, ayniqsa, ion manbalaridan ion oqimini olishda, shuningdek, fizik kimyoviy tadqiqotlarda radikal, molekula va atomlarning ionlash potensialini, ion va neytral zarralar desorbsiyasini va b. ni aniqlashda muhimdir. Emitternishon sirtiga ion dastasi (birlamchi zarralar) yoʻnaltirilganda ion-ion emissiya sodir boʻladi. Bunda ni-shondan ionlar va elektr neytral zarralar (ikkilamchi zarralar) otilib chiqadi. Ikkilamchi zarralar oqimi p2 ning birlamchi zarralar oqimi ya, ga nisbati ion-ion emissiya koeffitsiyenta deyiladi. Bu kattalik nishon xu-susiyatiga, birlamchi ionlar turiga, energiyasiga va hokazoga bogʻliq. Ion-ion emissiya adsorbsiya, kataliz jarayonlarini oʻrganishda, sirtning xossalarini aniqlash (qarang Ion mikroskop) va b. da qoʻllanadi. Emitterga elek-tronlar urilishidan ionlarning otilib chiqishi tufayli elektron-ion emissiya sodir boʻladi. Bun-day jarayon emitterga adsorbsiyalangan zarralarni oʻrganishda muhimdir. Fotodesorbsiya emitter yorugʻlik taʼsirida ionlashib, undan ionlar ajralib chiqadi. Masalan, quvvati 108 —109 Vt/sm2 boʻlgan lazer nuri emitterga tushganida intensiv fotodesorbsiya kuzatiladi. I. e. qattiqjismlarning xossalari va tarkibini tekshirish uchun kerak boʻladigan turli asboblarda foydalaniladi.
Dilshod Nazirov.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |