Kontent qismiga oʻtish

Iordaniyada Hoshimiylar podsholigi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Iordaniya Hoshimiylar Podshohlig[1] i. Yaqin Sharqda, Osiyoning gʻarbiy qismida joylashgan davlat. Maydoni 91,8 ming. Aholisi 10.781.873 kishi (2021). Poytaxti – Ammon. Maʼmuriy jihatdan 12 muhofaza (viloyat)ga, muhofazalar tumanlarga boʻlinadi. Davlat tuzumi: Iordaniya – konstitutsiyali monarxiya. 1952-yil 8-yanvarda qabul qilingan konstitutsiyaga amal qiladi.Davlat boshligʻi – malik (podshoh) boʻlib, u qonun chiqaruvchi va ijrochi hokimiyat sohasida katta huquqqa ega. Qonun chiqaruvchi hokimiyat – podshoh va Millat majlisi (parlament); u senat va deputatlar palatasidan iborat. Senatni podshoh 4 yil muddatga tayinlaydi (senat tarkibining yarmisi har 2 yilda yangilanib turadi). Deputatlar palatasi toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yilga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni podshoh oʻzi tayinlaydigan hukumat – Vazirlar Kengashi orqali amalga oshiradi.Aholisi. Mamlakat umumiy aholisining 98% arablar; yahudiylar, armanlar, greklar, kurdlar, cherkeslar, chechenlar, dogʻistonliklar, oʻzbeklar, turkmanlar ham yashaydi. Rasmiy tili – arab tili. Mamlakat aholisining 90% islom diniga, qolgan qismi xristian va yahudiy dinlariga mansubdir. Aholining 71% shaharlarda istiqomat qiladi. Mamlakatda 5% ga yaqin badaviylar boʻlib, ular koʻchmanchi hayot tarziga ega. Aholining 70% ga yaqini xizmat koʻrsatish sohasida, qolgan qismi esa boshqaruv tizimi, taʼlim, savdo, transport va harbiy sohalarda xizmat qiladi. Yirik shaharlari: Ammon, Az-Zarqa, Irbid, Al-Xalil. Milliy bayrami – 25-may – Mustaqillik kuni (1946).Tarixi. Hozirgi Iordaniya hududida somiy qabilalar yashagan. VII asrdan Arab xalifaligi qoʻl ostida boʻldi. Iordaniyada sekin-asta arab tili va islom dini tarqala boshladi. Iordaniya – 1955 yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlari 1993-yil 13-fevralda oʻrnatilgan.

  1. "arab mamlakatlar madanyati va an'analarini o'rganamiz" toshken davlat sharqshunoslik unversiteti Toshkent 2022.