Kontent qismiga oʻtish

Iosif Yustus Skaliger

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Iosif Yustus Skaliger— Fransuz tilshunos, tarixchi, matematik, astronom, astrolog va teolog olimi, antik matnlar to‘plovchisi va sharhlovchisi. Yuliy Sezar Skaligerning o‘g‘li va mashhur kartograf olim Benedetto Bardonening nevarasi bo‘lgan olim 1540-yil 5-avgustda Fransiyaning Ajen shahrida tavallud topdi. U 12 yoshida Bardo shahridagi Giena kollejida tahsil olgan. Yoshlik chog‘laridan boshlab lotin, qadimiy yunon tillarini, yahud va arab tillarini juda yaxshi o‘rgangan. I. Skaliger qomusiy olim sifatida 1573-yili M.T. Vorronaning “De Lingua Latina” traktatiga va 1575-yil Rim tilshunosi S.P. Festaning leksikografik asariga sharh yozdi. U 1593-yilda Niderlandiyaga boradi va Leyden universitetida filolog olim sifatida ish olib boradi va Niderlandiya filologiyasi rivojiga o‘z hissasini qo‘shadi. U 1609-yil 21-yanvarda Leyden shahrida vafot etgan.Leydendagi mashhur universitetlardan biri uning nomiga qo'yilgan. [1]

  1. Arab filologiyasiga kirish D.K.Mamatoxunova Sh.M.Mirziyotov