Kontent qismiga oʻtish

Ipak yoʻli turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Ipak yoʻli“ turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
Xalqaro nomi
„Silk Road“ International University of Tourism and Cultural Heritage
Turi Universitet
Asos solingan sanasi 2018
Rektori Aziz Abduhakimov
Fakultetlar 1 ta
Talabalari 2600+
Bakalavriat 4 yil
Magistratura 2 yil
Doktorantura Mavjud, 3 yil
Fan doktorlari 10+
Professorlari 3
Oʻqituvchilari 73
Manzili
17-uy,
,
Samarqand
,
Oʻzbekiston
Kampusi Smart Campus
Veb-sayti univ-silkroad.uz

„Ipak yoʻli“ turizm va madiny meros xalqaro universiteti – Xalqaro turizm sohasida professional kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ishlari va ijodiy ishlarni olib borish boʻyicha tashabbuslarni amaliy roʻyobga chiqarish, Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning tarixiy, madaniy-gumanitar aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan oliy taʼlim muassasasi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, 2018-yil 28-iyunda tashkil topgan[1].Prezidentning 2021-yil 30-oktabrdagi qaroriga muvofiq „Ipak yoʻli“ turizm xalqaro universiteti „Ipak yoʻli“ turizm va madaniy meros xalqaro universiteti etib qayta nomlandi.

Faoliyatining asosiy yoʻnalishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

turizm sohasida yuqori malakali professional kadrlarni milliy va xalqaro taʼlim standartlariga muvofiq tayyorlashni taʼminlash;

taʼlimning tegishli yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv-metodik adabiyotlarni yaratish, talabalar va mutaxassislarni jalb qilgan holda fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish, turizm sohasida taʼlim tizimiga xorijiy taʼlim muassasalari tajribasini joriy qilish;

turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga qaratilgan yangi taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish;

istiqbolli yosh bitiruvchilarni chet el oliy taʼlim muassasalariga va ilmiy-tadqiqot markazlariga magistratura hamda doktoranturada oʻqishga muntazam ravishda yuborish;

taʼlim va ilmiy faoliyatning ishlab chiqarish faoliyati bilan uzviy integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish;

turizm sohasi subyektlari mutaxassislarini qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;

turistik faoliyatni va turizm sohasida yoʻlovchilarni tashish faoliyatini amalga oshirish;

respublika va xorijiy taʼlim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni, ularning mutaxassis hamda ekspertlarini oʻqitish, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish jarayonlariga jalb qilish orqali rivojlantirish, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va simpoziumlar tashkil etish.

Universitet oliy taʼlim muassasasi – yuridik shaxs shaklidagi Oʻzbekiston rezidenti hisoblanadi, alohida mol-mulkka, mustaqil balansga ega, oʻz majburiyatlari boʻyicha tasarrufidagi pul mablagʻlari va mol-mulk bilan javob beradi. Universitetda oʻquv-metodik rahbarlik va taʼlim jarayonini yuritish ilgʻor innovatsion hamda ilmiy-pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan taʼminlanadi. Universitet Turizm va madaniy meros vazirligi tashkiliy tuzilmasiga kiradi. Turizm va madaniy meros vaziri ayni vaqtda universitetning bosh menejeri hisoblanadi. Universitet rektori universitet professor-oʻqituvchilarining tarkibi toʻliq shakllantirilgunga qadar universitetning vasiylik kengashi tomonidan saylanadi, keyinchalik esa universitet ustavida belgilanadigan tartibda professor-oʻqituvchilar tarkibi tomonidan yopiq ovoz berish orqali saylanadi. Universitetda xalqaro turizm sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha oʻqitishning kredit tizimi qoʻllanadi. Universitetda oʻqish oʻzbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi, bakalavriatda Oʻzbekiston Respublikasi davlat taʼlim standartlari talablarini hisobga olgan holda ikkita chet tili: birinchisi – ingliz (fransuz, nemis) tili, ikkinchisi – Shanxay hamkorlik tashkilotining rasmiy tillaridan (rus, xitoy) biri oʻqitiladi. Universitet bitiruvchilariga Oʻzbekistonda oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat deb eʼtirof etiladigan, belgilangan namunadagi diplom beriladi.

Universitetga abituriyentlarni qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi hamda universitetning onlayn qabul qilish tizimi tomonidan belgilangan tartibda yiliga 2 marotaba amalga oshiriladi. Abituriyentlarni universitet bakalavriatiga qabul qilish test sinovlarini oʻtkazish orqali amalga oshiriladi. Chet el fuqarolari universitet bakalavriatiga belgilangan qabul kvotasidan tashqari suhbat oʻtkazish orqali toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Universitetga talabalarni bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha qabul qilish kvotalari soni turizm sohasida mehnat resurslariga boʻlgan talab prognozidan va Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning maqsadli buyurtmalaridan kelib chiqqan holda, Universitetning Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi. Ilgʻor, eʼtirof etilgan xalqaro imtihon tizimlari (TOEFL, IELTS, CEFR, SAT General, SAT Subject va boshqalar) sertifikatlariga ega boʻlgan abituriyentlarga tegishli fanlardan belgilangan tartibda eng yuqori ball beriladi va kelgusida ular ushbu fanlar boʻyicha test sinovlaridan ozod qilinadi.

Taʼlim yoʻnalishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
# Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 60212200 Madaniy meros obyektlarini asrash
2 60220400 Arxeologiya
3 60411200 Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
4 60411700 Logistika (turizm logistikasi)
5 61010500 Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili
6 61010400 Turizm (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha)[2]
# Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 60411200 Menejment: turizm binesini boshqarish
2 60411200 Menejment: ommaviy tadbirlar menejmenti
3 60411800 Menejment: mehmonxonalarni boshqarish
4 61010400 Turizm (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha)[3]
# Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 60410800 Menejment
2 61010100 Turizm va mehmondoʻstlik

Magistratura yoʻnalishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
# Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 70211004 Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy ob’yektlarni konservatsiya qilish, taʼmirlash va saqlash
2 70220401 Arxeologiya
3 70411201 Menejment (madaniy, tabiiy va aralash merosni boshqarish)
4 70411701 Logistika (turizm)
5 71010401 Turizm (faoliyat turlari boʻyicha)
6 71010402 Ijodiy sanoat
  1. „“Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetini tashkil etish toʻgʻrisida“. Xalq soʻzi. 2019-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-yanvar.
  2. „Oliy ta’lim muassasalari boʻyicha oʻtish ballari“. Davlat test markazi. 2020-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-oktyabr.
  3. „Oliy ta’lim muassasalari boʻyicha oʻtish ballari“. Davlat test markazi. 2020-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-oktyabr.