Ipakchilik instituti
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti — pillachilik va ipakchilik muammolarini oʻrganadigan ilmiy tadqiqot muassasasi. 1927-yil 12-noyabrda Turkiston ipakchilik idorasi ("Turkshyolk") Oʻrta Osiyo aksiyadorlik jamiyatining Ipakchilik madaniyati boʻlimi va Oʻrta Osiyo ipakchilik stansiyasi negizida Oʻrta Osiyo ipakchilik va ipakshunoslik instituti nomi bilan tashkil qilingan. 1931—91 yillarda Oʻrta Osiyo ipakchilik ilmiy tadqiqotlar instituti. 1991-yildan hozirgi nomda. Toshkent shahrida joylashgan. 1998-yildan "Pilla xolding" xolding kompaniyasi tarkibiga kiradi. Institutda ipak qurti seleksiyasi, ipak kurti naslchiligi, ipak qurti genetikasi, ipak qurti tuxumchiligi, ipak qurti kasalliklariga qarshi kurash, ipak qurti agrozootexnikasi, tut seleksiyasi va agrotexnikasi, tut kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurash, pillaga dastlabki ishlov berish va standartlash, ipakchilikni mexani-zatsiyalash, ipakchilik iqtisodiyoti laboratoriya. lari, ilmiy ishlarni muvofiqlashtirish va tashkil qilish boʻlimi bor.
Institut olimlari tomonidan ipak kurtining 60 dan ortiq zot va duragaylari yaratilgan. Hoz. davrda Oʻzbekiston 5, Oʻzbekiston 6, Ipakchi 1 x Ipakchi 2, Ipakchi 2 x Ipakchi 1 kabi yuqori mahsuldor tolasi koʻp boʻlgan duragaylar ishlab chiqarishga joriy etilgan. Ipak qurti jinsini sunʼiy boshqarish borasida katta muvaffaqiyatlarga erishildi va jinslari boʻyicha boshqariladigan (100% li erkak jinsli) duragaylar yaratildi. Tutning Oʻzbekiston, Surxtut, Tojikiston urugʻsiz tuti, Mankent, Pioner, SANIISH 33 kabi 9 navi yaratildi va rayonlashtirildi. Sifatli kurt tuxumi yetishtirish, sifatli pilla olish, ipak kurti va tut daraxtining kasalliklari va zararkunandalariga karshi kurash usullari, kuruq va tirik pillalarning davlat standartlari, ipak kurti tuxumi tay-yorlashdagi ish jarayonlarini mexanizatsiyalash va b. masalalar oʻrganilgan.
Institut faoliyati E. F. Poyarkov, B. L. Astaurov, V. A. Strunnikov, U. Nasrillayev, X. Rasulov, M. Gʻaniyeva, O. Poʻlatov, Oʻ. Qoʻchqorov va b. olimlar nomlari bilan bogʻliq. Institutda pillachilikning eng muhim muammolarini oʻrganish boʻyicha katta yutukdarga erishildi. Tut ipak qurtining xavfli kasalligi boʻlgan pebrinaga qarshi kurashning yagona biologik usuli ishlab chiqildi [professor E. F. Poyarkov (1885-1955)], sanoatbop qurt boqishda duragaylardan foydalanish, ipak qurti naslchiligi, partogenezi va sitogenetikasi oʻrganildi, ipak qurtining jahon geno-fondi yaratildi professor B. A. Astaurov ipak qurti genetikasi oʻrganildi, 100% li erkak jinsli duragaylar yaratildi (professor V. A. Strunnikov), ipak kurtining serpushtlik va mahsuldorlik belgilari oʻzgaruvchanligi, irsiylanish, naslchilik ishining texnologik reglamenti, oilalarni baholash va tanlash usullari ishlab chi-qildi (professor U. Nasrillayev), pillachilikka oid darsliklar, monografiyalar yaratildi. Institutda ipak qurti zotlarining 100 dan ortiq, tut navlarining 20 dan ortiq kolleksiyalari bor. Institutda 60 ilmiy xodim ishlaydi, ularning 6 nafari fan doktori va 13 nafari fan nomzodi (2002). Institutda kutubxona (10 mingga yaqin asar) faoliyat koʻrsatadi, aspirantura bor; ilmiy maqolalar, toʻplamlar, asarlar nashr qiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |