Iqbolnoma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


IQBOLNOMA[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqbolnoma -jahon va o'zbek adabiyotidagi yana bir nodir , tarixiy asar. Bu asar Temuriylar va Boburiyzodalar hayotini o'rganishda muhim bir manba hisoblanadi. Asar muallifi Mo'tamidxon, asli eronlik bo'lib, bir vaqtlar Hindistonga kelib, Jahongirshoh xizmatida bo'lgan. O'z qobiliyati tufayli saroyda "Mir Baxshi" lavozimigacha ko'tarildi. Otasi Jahongirshohdan keyin taxtga chiqqan Shoh Jahon ham Mo'tamidxonni ana shu lavozimda olib qolgan.

Mo'tamidxon Jahongir topshirig'iga binoan "Tuzuki Jahongiri"ni tugatgach, o'zi mustaqil tarzda "Iqbolnoma" asarini yozishga kirishadi. Bu asar 3 qismdan iborat bo'lib, uning birinchi qismida Amir Temur oilasi tarixi bayon qilingan. Bobur va Humoyun hukmronligi davrlari ham o'sha qismga kiritilgan. Asarning ikkinchi qismida Akbarshohning hukmronlik faoliyati bayon qilingan. Uchinchi qismida esa Jahongirning hukmronligi davri bayon qilinadi.Mo'tamidxon Jahongirning yaqin kishilaridan bo'lgani uchun uning atrofidagi voqealardan yaqindan xabardor edi. Bundan tashqari asarda Jahongir shohlik davrining 19-yilidan keyingi faoliyati mufassal yoritib berilgan. Shuning uchun Jahongir hayotining ana shu qismini yoritishda "Iqbolnoma" muhim ahamiyatga ega.Shuni aytib o'tish kerakki,bu asarda ham voqealar va ularning sabablarini izohlashda yuzakilikka , g'arazgo'ylikka yo'l qo'yilgan.Tarixchilarning fikricha, Mo'tamidxon Jahongir panohidan boshpana topgan edi, shuning uchun ham uning shaxsini ta'riflashda bir oz bo'rttirishga yo'l qo'ygan. Shu bois asarni tahlil qilishda bu hollarni e'tiborga olish maqsadga muvofiqdir.

Jahongirning shohlik faoliyatini o'rganishda o'sha davrlarda yaratilgan Muhammad Hodining "Tatimma voqeoti Jahongiriy",Ho'ja Kamgorning "Maassiri Jahongiriy" kabi asarlari yaxshi manba bo'lib xizmat qiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1."Boburiyzodalar"(G'ofurjon Satimov)