Kontent qismiga oʻtish

Iqlim bilan davolash

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Iqlim bilan davolash, klimatoterapiya — davolash va sogʻlomlashtirish maqsadida doimiy turar joylarda yoki maxsus iqlim kurortlari va sanatoriylarda iqlim xususiyatlari (havo harorati, namligi, atm. bosimi va h. q.)dan foydalanish.

I.b.d.ni iqlimni vaqtincha oʻzgartirish (sanatoriy va kurortlarda mavsumiy davolanish davrida) yoki bemorning oʻrganib qolgan joyida qoʻllash mumkin. Mustaqil davo sifatida, shuningdek, boshqa davo turlari bilan birga oʻtkaziladi. I.b.d.ga havo bilan davolash — aeroterapiya, quyosh bilan davolash — gelioterapiya (qarang Havo va quyosh vannalari), dengizda choʻmilish (qarang Talassoterapiya) kiradi. Talaygina kasalliklarda (organizm reaktivligi yuqori boʻlganida) I.b.d. asosiy davo omillaridan biri hisoblanadi. Lekin iqlimni keskin oʻzgartirish (mas, shim. rayonlardan jan. rayonlarga borish) kuchli taʼsir qiladigan omil boʻlib, orga-nizmning moslashuv imkoniyatlariga ancha ogʻirlik qiladi. Bolalarga, xusu-san, yosh bolalarga, keksalarga, uzok, vaqtdan beri kasal boʻlib yurgan, nafas, yurak-tomir funksiyalari va orga-nizmning boshqa sistemalari buzilgan odamlarga, nerv sistemasi zaif be-morlarga iqlimni bu xilda oʻzgartirish zarar qiladi. Ularda moslashuv mexanizmlari susayganligi tufayli yangi iqlim sharoitlariga moslashish (qarang Iqlimga moslanish) davrida kasallik zoʻrayishi yoki odamning umumiy ahvoli yomonlashishi mumkin. Iqlimli kurortga borishdan oldin, albat-ta, vrach bilan maslahatlashish lozim. Odatda, bemorning individual xusu-siyatlari, yoshi, kasallik bosqichi va kechishini, yil fasli va b.ni hisobga olib vrach buyurgan muolajalar, shuningdek, uning tavsiyasi va nazoratida tegishli iqlimli kurortda muolajalar oʻtkazish nerv sistemasining boshqaruv funksiyasini yaxshilaydi, organizmning moslashuv mexanizmini takomillashtiradi, atrof muhitning turli noqulay obhavo omillariga chi-damini oshiradi, organizmni chiniqtiradi (qarang Organizmni chiniqtirish). Shahardan tashqarida joylashgan mahalliy sanatoriy va kurortlarda I.b.d. muolajalari kompleks ravishda (havo vannalari, quyoshda toblanish, choʻmilish), shuningdek, organizmning hola-tiga qarab bir necha rejim asosida oʻtkaziladi. Davolanish rejimdan boshlanadi, uning taʼsirida bemor aʼzo va sistemalarining fiziologik funksi-yalari nihoyatda kam zoʻriqish bilan kechadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil