Kontent qismiga oʻtish

Iqlimga moslashish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Iqlimga moslashish, iqlimlashtirish — organizmlarning yangi hayot sharoitiga moslanishi va rivojlanishning barcha bosqichlarini oʻtab, yashovchan avlod berishi. I.m. deganda organizmning faqat boshqa iqlim sharoitiga emas, balki yangi biotsenozta moslashishi ham tushuniladi. I.m. 2 yoʻl bilan boradi: 1) organizmlarda moddalar almashinuvining oʻzgarishi, bun-day oʻzgarish (modifikatsiya) avlodga oʻtmaydi va organizmdagi reaksiya nor-masi bilan cheklanadi. Modifikatsiyada populyasiya yoki turning genetik strukturasi oʻzgarmaydi; 2) turning genetik strukturasi oʻzgarishi (haqiqiy I.m.). Turning genetik strukturasini belgilovchi va I.m.ga sababchi omil tabiiy tanlanishdir. Organizmlar yangi hudud yoki joyga koʻchirilganda yoki yashash sharoiti oʻzgarganda (mas, oʻrmon daraxtlari kesilganda, choʻllarga suv chiqarilganda yoki botqoqlik quritilganda) I.m. yuz beradi. Bunday hollarda baʼzi organizmlar boshqa joyga oʻtadi yoki nobud boʻladi, boshqalari esa yangi sharoitga moslashadi, yaʼni iqlimlashadi. I.m. odamga ham xos. Odamlar ilgari oʻzlari yashagan joylaridan mutlaqo boshqa hududlarga koʻchib oʻtib, unga faol ravishda moslashadilar, yaʼni adaptatsiya yuz beradi.

Oʻsimliklarda I.m. Yangi sharoitda normal rivojlanib, hayotchan nasl qoldiradigan oʻsimliklarni iqlimlashgan deb hisoblash mumkin. I.m.ga oid nazariya va amaliyotning rivojlanishida Ch. Darvin, I. V. Michurin va N. I. Vavilovparnit ilmiy asarlari muhim ahamiyatga ega.

I.m. hamma vaqt oʻsimliklarning yashash areapinn kengaytiradi. Oʻsimliklarni iqlimlashtirish xalq xoʻjaligining muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Oʻsimliklarning I.m.da iqlim omillari (havo harorati va namligi, yogʻinlar miqsori va taqsimoti, yorugʻlik rejimi va b.), tuproq tiplari va uning mikroflorasi, shuningdek, oʻsimlikning oʻz xususiyatlari asosiy oʻrinda turadi. Oʻsimliklarning I.m.da geografik va sistematik uzok, shakllarni duragaylash, yovvoyi turlar bilan chatishtirish, takroriy avlodlarni oʻstirishdan foydalaniladi. Shuningdek, chidamli payvandtaglarga ulash, sugʻorish va oʻgʻitlar solish, oʻsishni boshqaruvchi moddalardan foydalanish qoʻllanadi.

Qishloq xoʻjaligida I.m. biron bir ekinni ilgari oʻsmagan yangi hududlarga koʻchirish bilan bogʻliq. Masalan, dehqonchilik amaliyotida gʻalla ekinlarini iqlimlashtirish ming yillardan beridavom etib keladi. I.m. tufayli gilos, oʻrik, tok, choy, sitrus mevalar, evkalipt, bambuk va b. yangi mintaqalarda ekiladigan boʻldi. Yoki gʻoʻza yangi sharoitlar va kishilarning ehtiyojiga moslashtirilishi tufayli oʻzgacha iqlim sharoitiga ega boʻlgan rayonlarga tarqalgan. Gʻoʻzani madaniylashtirish va ularni dastlabki tarqalgan arealidan tropiklarning yuqori togʻli zonalari hamda shim. kengliklarga tarqalishida evolyusiyaning asosiy yoʻnalishi gʻoʻzaning hayot siklini qisqartirish va uning tezpishar turlarini ajratib olishdan iborat boʻlgan. Dunyo boʻyicha gʻoʻza ekiladigan mintaqa 44° shim. kenglikdan (Oʻzbekiston) 35° jan. kenglikkacha (Avstraliya) joylashgan. Oʻrta Osiyoning gʻoʻza mintaqasi dunyo boʻyicha eng shim. hisoblanib, u 37° bilan 44° shim. kenglik oraligʻida joylashgan (u hatto 1957 yilda 47° kenglikkacha borgan).

I.m.jarayoni oʻsimliklar seleksiyasida, ayniqsa, boshqa mintaqalardan keltirilgan formalardan dastlabki material sifatida foydalanilganda katta rol oʻynaydi. Oʻsimliklarni introduksiya qilish va iqlimlashtirish boʻyicha botanika boglari va introduksiya parvarishxonalari katta ishlar olib boradi.

Hayvonlarda I.m.da yashash muhitining iqlim sharoitlaridan tashqari ozuqa, mavsumiy yashash makoni boʻyicha raqobatning borligi, shuningdek, yirtqichlar va kasallik qoʻzgʻatuvchilar kabi omillar muhim oʻrinda turadi. Odatda, yangi muxitda jiddiy ra-qobatchilari boʻlmagan turlar tez koʻpayadi. Oʻzbekistonda ondatra, amerika kora kuzani (norka), Xitoydan keltirilgan doʻng peshona, oq amur, targʻil doʻng peshona kabi baliq turlari muvaffa-qiyatli iqlimlashtirildi.

Xonakilashtirishning uzoq va mu-rakkab jarayonidan oʻtgan uy hayvonlarining I.m.da tabiiy omillardan tashqari xoʻjalik omillari (ozuqa tarki-bi, saqlash va parvarishlash, kasalliklarning oldini olish, naslchilik ishlari) muhim oʻrinda turadi. Oʻzbekistonda shvits, simmental (Shveysariya), golland (Gollandiya) qoramol zotlari, angor echkisi (AQSH, Texas), Sharqiy Yevropa, Afrika (JAR)da qorakoʻl qoʻy zotlari muvaffaqiyatli iqlimlashtirilgan. Boshqa joylardan keltirib, iqlimlashtirilgan hayvonlar zotlarini mahalliy jaydari kramol zotlari bilan chatishtirib, yuqori mahsuldor qizil choʻl, qora-ola zotlarining Oʻzbekiston tiplari, serjun Oʻzbekiston echki zoti yaratildi.

Hasharotlarda I. m. dastlabki tarqalgan areali chegarasidagi sharoitlar oʻzgarganda kuzatiladi va tabiiy yoki sunʼiy yoʻl bilan kechadi. Hasharotlarning I.m. iqlimlashgan hasharotlarning yoppasiga koʻpayishi bilan birga borishi mumkin. Oʻzbekistonga tasodifan kelib qolgan va mahalliy sharo-itda iqlimlashgan, hozirgi kunda gʻoʻzaga va b. ekinlarga juda katta zarar keltirayotgan hasharotlar jumlasiga qonli bit (Eriosoma lanigerum Haus.), komstok qurt (Pseudococcus comstocki Kuw.), kaliforniya qalqondori (Diaspidiotus perniosus Comst.) va b. kiradi.

Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi zararkunandalarining tabiiy kushandalari boʻlgan foydali hasharotlar va kanalar (entomofaglar va akarifaglar)shh introduksiyalash hamda iqlimlashtirishga jiddiy ahamiyat beriladi. Ana shu maqsadda maʼlum tur, odatda, bir turga oid hasharot hisobiga yashaydigan entomofag va akarifaglardan zararkunanda hasharotlarning sonini tartibga solib turishda foydalanish yaxshi natija beradi.

Oʻzbekistonda qonli bitga qarshi kurashishda foydali hasharotlardan biri boʻlgan va respublikaga 1931 yilda keltirilgan afelinus (Aphelinus mali Hald.), komstok chervetsiga qarshi 1947 yilda keltirilgan psedafikus (Pseu-dophycus malinus Gah.) har tomonlama oʻrganilgan, mahalliy sharoitga iqlimlashtirilgan va ular muvaffaqi-yatli qoʻllanilmoqda. Qozogʻistonda esa mevali daraxtlarda shiraning mahalliy turlariga qarshi kurashda Uzoq Sharq harmoniyasidan, terak parvona-siga qarshi kurashda Uzoq Sharqdan keltirilgan yirtqich mirabilis qoʻn-gʻizi (Aiolocaria mirabilis)fl aH foydalanilmoqda.

  • Konstantinov N. N., Morfologo-fiziologicheskiye osnovi ontogeneza i filogeneza xlopchatnika, M.; 1967; Bondare n ko N. V., Biologicheskaya zashita rasteniy, L., 1978; Belolipov I. V., Introduksiya travyanistix rasteniy prirodnoy flori Sredney Azii, T., 1989.

Fayzulla Hojiyev, Zohid Odilov, Sulton Alimuhamedov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil