Kontent qismiga oʻtish

Iqob

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Iqob (ko‘pligi iqobot; sinonimlari uquba, azob, jazo, naqal) — jazolash, fiqhning eng muhim kategoriyalaridan biri. Qonunni buzganlik uchun I. faqat sud hukmi, yaʼni imom, qozi, odilona sud qiluvchi yoxud jamoat tartibini nazorat qiluvchi boshqa bir shaxsning hukmi bilan qonuniy ravishda berilishi mumkin. Jazo berish xillari deyarli to‘liq suratda johiliya davridagi kundalik huquqiy meʼyorlardan olingan. Barcha jazolar quyidagi turlarga bo‘lingan: o‘lim jazosi, undan ko‘zlangan maqsad jamiyatni jinoyatchidan to‘liq xalos etish; qasos oluvchi jazolar, ular ijtimoiy adolat hissini qondiriishari lozim bo‘lgan; oldini oluvchi jazolar, ular evaziga kelajakda huquqbuzarliklar kamayishi ehtimoli oshadi; ibratli jazolar, ular, asosan, huquqbuzarning o‘ziga taʼsir ko‘rsatib, uni keyinchalik huquqni buzishdan qaytarishga qaratilgan. Jazolash usullariga qarab, ular jismoniy, ozoddikdan mahrum qilish va quvgan qilish, jarimalar, jamoatchilik taʼsiri va tavba qilish kabilarga bo‘linadi. Jazo jinoyatning og‘ir-engilligi qatiy mutanosib bo‘lmoga lozim. Oʻlim jazosi (qatl) islomga qurol ko‘tarib chiqqanlarga, yaʼni isyon ko‘targani uchun yoki dindan qaytish haqida vaʼzxonlik qilgani uchun berilishi mumkin. Agarda qo‘lga tushgan jinoyatchi tavba qilsa, u holda o‘lim jazosi yengilroq jazo bilan almashinadi. Qotil, ayniqsa talon-torojlik bilan bog‘liq qotillikka o‘lim jazosi belgilanadi. Agarda jinoyatchi uni qo‘lga olgunlarigacha bo‘yin egab kelsa u holda uni qatl etmaydilar, lekin u diya to‘lashi va tavba qilishi lozim bo‘ladi. Oʻlim jazosi ko‘pincha aybdorning boshini tanasidan judo qilish yo‘li bilan amalga oshirilgan, biroq uni dorga osish, nimtalash va b. xil usul bilan jazolash ham mumkin bo‘lgan. Hoz. vaqtda otishga hukm qilish joriy etilgan. Er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro xiyonat o‘lim jazosining maxsus turi — toshbo‘ron qilish (rajm) bilan jazolanadi. Qasos oluvchi jazolar (qasos, qavad, saʼr) inson hayoti va salomatligiga yetkazilgan og‘ir jinoyatlar: qotillik, mayib qilish, zaharlash va b. uchun beriladi. Bunday jinoyatlar uchun jazolar, agar bu bilan yanada og‘irroq ziyon yetmaydigan bo‘lsa, talion tamoyili (ko‘zga ko‘z) asosida beriladi. Bunday holatlarda, shuningdek qotillik yoxud yetkazilgan ziyonlar atayin qilinmagan bo‘lsa, diya to‘lash lozim bo‘ladi. Agarda qotillik buyruq yoki majburlash yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, qotillikni amalga oshirgan shaxs buyruq bergan shaxsga qandaydir bog‘liq yeri bor bo‘lsa u holda buyruq bergan shaxs qotil hisoblanadi. Agarda jinoyat biror-bir shaxsning gij-gajlashi orqali sodir etilgan bo‘lsa, u holda qotil va gij-gijlovchi teng javobgar bo‘ladilar. Qasos oluvchi jazolar agarda jabr ko‘rganlar yoki ularning huquqiy vorislari jinoyatchilarni afv etgan takdirda bekor qilinishi mumkin. Oldini oluvchi jazolar (hadd) butun jamiyatga yetkaziladigan og‘ir jinoyatlar va huquqbuzarliklar uchun beriladi. Hadd dindan qaytganlik va isyon uchun, agarda sud jinoyatchini qatl etishni lozim topmagan bo‘lsa beriladi. Shuningdek, diniy marosim ko‘rsatmalarini namoyishkorona buzgani va ularni tahqirlagani; qasamxo‘rligi va og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan soxta guvohligi, huquqbuzarlik qilish uchun undagani; g‘ayri qonuniy jinsiy aloqa qilgani, agarda ular o‘zaro nikoxda bo‘lmasalar; voyaga yetmaganlarni zo‘rlagani, ichkilikbozligi, ichkilik va qimorbozlikka o‘rgatgani; firibgarligi va shunga o‘xshash boshqa huquqbuzarliklar uchun beriladi. Hadd jazosi — qamchin yoki kaltak bilan 40 tadan 100 tagacha urish bilan amalga oshiriladi. Aybdor o‘lib qolmasligi uchun jazo ijrosi bir necha xil usulda amalga oshirilishi mumkin. Sud qaroriga ko‘ra hadd qo‘shimcha mikdorda kaltaklash, jarima, ozodlikdan mahrum qilish va mahalliy udumlarda ko‘zda tutilgan boshqa jazolar bilan yanada qattiqroq bo‘lishi mumkin. Ibratli jazolar (taʼzir) hokimiyatga bo‘ysunmaganlik, jamoat tartibini buzganlik, atayin birovning mulkidan foydalanganlik, mayda firibgarlik, savdo qoidalarini buzganlik va b. uncha katta bo‘lmagan huquqbuzarliklar uchun beriladi. Taʼzir -qamchin bilan savalash yoki kaltak bilan urish (5 tadan 39 tagacha), yoxud olti oygacha qamoq yoki uy qamog‘ida saqlash, yoki jamoatchilik o‘giti yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bozorda qilingan o‘g‘irlik, agarda u jabrlanuvchiga katta moddiy zarar keltirmagan bo‘lsa, bir necha marta kaltak bilan urishga hukm qilinishi yoki umuman kechirib yuborilishi mumkin. Agarda o‘g‘irlik malakali xarakterga ega bo‘lsa, o‘g‘riga nisbatan hadd belgilanadi. Qayta o‘g‘irlik qilish chap qo‘l panjalarini chopish bilan jazolangan. Yuqorida zikr etilgan choralardan tashqari, mansabdor shaxs tomonidan qilingan jinoyat uchun uning mol-mulki musodara qilinishi mumkin. Har qanday hadd jazosiga o‘sha zahoti taʼzir jazosi ham qo‘llanishi mumkin, bundan tashqari u barcha jazo turlari doirasida ham ogirroq jazolanishi mumkin. Har qanday jazo huquqbuzarning qilgan ishiga afsuslanishiga mo‘ljallangan. Agarda u qaysarlik qilsa, jazo qayta berilishi mumkin. Agarda u tavba qilsa, kafforat amallarini qilishi lozim bo‘ladi, uni sud belgilaydi (ikki oygacha ro‘za tutib berish, uzoq vaqt jinsiy aloqadan saqlanish, ahd bo‘yicha haj qilish, bir kulni ozod qilishi yoki sotib olishi lozimligi, katta mikdorda sadaqa berishi va b.)- Sud tomonidan belgilangan talablar bajarilgach, kishi g‘usl qilmoga lozim bo‘ladi va shu paytdan eʼtiboran u yana qaytadan jamiyatning odatdagi aʼzosiga aylanadi. Jazoni belgalashdagi katta erkinlik sudga aybdorning shaxsiga nisbatan, ham uning aybini eʼtiborga olgan holda, ham unga nisbatan eng munosib jazo berishni ko‘zda tutgan holda tabaqaviy yondashish imkonini beradi. Umuman olganda har qaysi musulmon, agarda uning aybi isbotlansa, har qanaqa jazoga tortilishi mumkin. Biroq sud uning madaniy darajasi va ijtimoiy ahvolini hisobga olishi shart va shunday jazoni tanlashi kerakki, u eng samarador bo‘lgani hodda ortiqcha qattiq ham, tahqirlovchi ham bo‘lmasin. Huquqbuzarlik uchun javobgarlik insonning umumiy huquqiy qobiliyati shakllaridan biridir va shunga ko‘ra barcha huquqiy qobiliyatlar (mas., yosh bolalar va aqli zaiflar) jazoga tortilmaydilar, qullar, ayollar va b. to‘liq huquqqa ega bo‘lmaganlarga erkin musulmon erkakka beriladigan jazoning yarmi beriladi. Jazoni teng yarmiga bo‘lishni imkoni bo‘lmagan holatlarda (mas., o‘lim jazosi), qul xuddi erkin kishi kabi jazoga tortiladi. Agarda jinoyatchi g‘ayridin bo‘lib, uning jinoyati qaysi dindaligi bilan mutlaqo bog‘lanmagan bo‘lsa, u xuddi musulmon kabi jazolanadi; tabiiyki u tavba qilishdan ozod etiladi, albatta, buning o‘rniga unga jarima to‘lash yuklatilishi mumkin. Hoz. vaqtda jazoning barcha turlari shaklan saqlanib qolgan, biroq eng rivojlangan mamlakatlar qonunchilik idoralari tomonvdan qabul qilingan jazo turlari, yaʼni qamoqqa olish va majburiy mehnatga jalb etish, jarimalar va jamoatchilik o‘giti kabilar afzal ko‘rilmoqda.

ISLOM ENSIKLOPEDIYASI

«O’zbekiston milliy entsiklopediyasi»

Davlat ilmiy nashriyoti, 2004