Kontent qismiga oʻtish

Iqon jangi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Iqon Jangidan yoʻnaltirildi)
Iqon jangi

Iqon jangi - chor hukumati bos-qinchilariga qarshi sarbozlar va koʻngillilardan iborat vatan himoyachilari jangi (1864 yil noyabr). Qoʻqon xonligining lashkarboshisi Alimqul Toshkentda katta harbiy tayyorgarlik koʻrgan. Uning qoʻshini (12 ming kishi) yoʻlga otlanganida qattiq sovuq tushib, hatto qorning balandligi otu tuya koʻkragigacha keladigan darajada edi. Shunga qaramay, Alimqul qoʻshini yoʻlni da-vom ettirib Chulak mavzeiga kelgan va Iqon qishlogʻi atrofida Serov boshchiligidagi harbiy qismni qurshab olgan. Ogʻir ahvolga tushib qolgan Serovni himoya qilish uchun Turkiston sh.dan 170 soldat va ikki zambarak yuborilgan. Vatan himoyachilari qaxramonona jang qilib dushman kuchlarini sarosima va vahimaga solib qoʻygan. Ular bir kechakunduzdan keyin har xil narsalar namat, daraxt shoxlari, qoru muzdan toʻsiq yasab, uni oldilariga qoʻyib yumalatib rus askarlari turgan joyga yaqinlashgan. Ularning orqasidan panalab kelgan navkarlar toʻsatdan dushmanga hujum qilib gʻalaba qozonganlar. Bu gʻalaba I. j. nomi bilan tarixda oʻchmas iz qoldirgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil