Iridotsiklitlar
Iridotsiklitlar | |
---|---|
KXK-10 | H20 |
KXK-9 | 364.0 |
DiseasesDB | [1] |
Koʻz tomirli qavatning rangli pardasi (iris) yalliglanganda iritis, kipriksimon tana (corpus ciliaris)
yalligʻlanganda ciclitis va uning xususiy qismi (chorioidea) yalligʻlanganda chorioiditis deyiladi. Koʻz soqqasi tomirli pardasining dastlabki ikki qismining tomirlari yagona va taʼminlanishi umumiy bolgani uchun koʻpincha oʻtkir va tez boshlanadigan irit, 2-3 kun orasida siklit ham boshlanib, iridotsiklit paydo boʻladi, lekin yalligianish jarayoni uning uchinchi qismi — xorioideyaga tezlik bilan olmaydi, chunki u boshqa qon tomirlar sistemasidan taʼminlanadi. Keyinchalik yalligianish unga ham oiganda iridociclohGrioiditis deyiladi. Ilgari koʻz soqqasining tashqi qavati sklerani olib tashlab qaraganda koʻz koʻruv nerviga osilib turgan bir dona qora tut (uvea) ni eslatgani uchun tomirli parda (uvea) deyilgan, iridotsikloxorioiditni qisqaroq qilib panuveitis deyilgan. Iridotsiklitni oldi uveit, xorioiditni orqa uveit ham deyilgan. Panuveitning sabablari koʻpincha endogen sil, toksoplazmoz, zaxm, revmatizm, uchuq, gripp, allergiya, immun va autoimmun jarayonlardir. Shu munosabat bilan koʻzga tushgan infeksiyalar tomirU parda ichiga asta-sekin anafilaktik taʼsir oikazib surunkali uveitga sabab boiadi. Aseptik iridotsiklitlar ham boʻlib, ular keratitlar taʼsiri ostida vujudga keladi. Masalan, loyqalangan koʻz gavhari membranasi orqah siqadigan fakolitik toksinlar taʼsiridan paydo boladigan surunkali iridotsiklit autoimun iridotsiklit hisoblanadi. Ekzogen sababar.- viruslar, koʻz shikastlanganda paydo boladigan banal infeksiyalar (strepto- stafilo- pnevmokokklar) oʻtkir iridotsiklitga olib keladi. Bunda paydo boladigan yalligianish jarayoni ekssudatli, fibrinli, yiringli va gemorragik bolishi mumkin. Iridotsiklitlarning klinik belgilari — koʻzning yoruglikka qaray olmashgi, koʻzda sanchiq turishi, uning yoshlanishi, koʻz tirqishlning refleks sababli qisilib torayishi, perikorneal va aralash inʼektsiyalaming paydo boʻlishidadir. Shuningdek, rangdor parda rang-tusi va naqshlari jilosining oʻzgarishi, qorachiqning torayishi bilan namoyon boiadi. Bunda klinik simptomlarning asosida yalliglanishning 5 klassik belgilar yotadi:
- ogʻriq,
- giperemiya (qizarish),
- Khish paydo boʻlishi,
- Koʻz issiqlik darajasining koʻtarilishi
- Iris faol faoliyatining yoʻqolishidir.
Shu belgilar sababli toʻqroq noaniq rang, koʻk rang va qoʻy koʻz rangli irislar zanglagan buyumga oʻxshash qizgʻish sariq tus oladi. Paydo boʻlgan shish esa iris jiloli naqshlarni yoʻq qiladi va qorachiqning osongina kengayish-torayish faoliyatini susaytiradi va bora-bora soʻndiradi. Natijada torayib qolgan qorachiqning qirralari (infiltrat sababli) gavhar oldi sathi membranasiga nuqta-nuqta shaklida yopishib sinexiya (synechia) beradi. Agar iriodotsiklit sil yoki toksoplazmozdan bolsa, keng va chuqur plastik yopishiqlarni uzib, qorachiqni kengaytirish uchun koʻzga atropin tomiziladi, baʼzan sinexiyalardan bir-ikkitasi uzilmasa, qorachiqning shakli buzilib, uning markaziga nisbatan qop-qora ingichka nayzachaga yoki nayza tortganga oʻxshab qoladi. Yalligianish zoʻraygan sari qorachiq qirrasining hammasi yopishib, aylana sinexiya (seclusio), ekssudatsiya yana koʻpaygach, qorachiq qizglsh-sariq rangga kirib, ekssudat bilan butunlay bekiladi. Bu occlusio pupilae deyiladi. Natijada koʻz ichi suyuqligi oʻtish yollari bekilib, koʻz bosimi koʻtariladi, rangdor parda qorachiq atrofida bir oz doʻppayib (iris bombe) iris bombaga oʻxshab doʻppayib qoladi va ikkilamchi glaukoma paydo boiadi. Baʼzan koʻz oldi kamerasi tubida qon koʻrinishi mumkin. Yalligianish irisdan kipriksimon tanaga oʻtganini koʻzning lo ʻqillab og ʻriy boshlaganidart bilinadi. Bu og4riq kechasi juda zoʻrayib bemorni juda bezovta qiladi. Atrofdagi qon tomirlar aralash inʼektsiyasi qalinlashib binafsha rang tus oladi. Koʻzni palpatsiya bilan tekshirganda bemor qattiq ogʻriq sezadi. Koʻz ichi bosimi esa normadan pastga tushgan boiadi. Shox pardaning orqa sathida choʻkma donachalar (precipitat) paydo boiib, ularning maydaroq, yengilroqlari yuqoriroqda (markazga yaqin) va yirikroq, oglrroqlari pastroqda (limbga yaqin) qator terilib yotib (116-rasm), oʻtkir choʻqqili uchburchak shaklidagi oʻziga xos koʻrinishni beradi. Sil va toksoplazmozli iridotsiklitda bu choʻkma donachalar yirik va tolaroq sarglsh tusli boiadi. Revmatizm sababli iridotsiklitda esa bu donachalar maydaroq, yupqaroq va baʼzan pigmentli boiadi. Koʻz oldi kamerasida steril (mikrobsiz) yiring- gipopion (hypopion) paydo boiadi. Yuqorida yozilgan simptomlar yiglndisi asosida iridotsiklit diagnozi qoʻyiladi. Bunday bemorlar zudlik bilan statsionarga joylashtirilib, toliq klinik laboratoriya tekshiruvlari oʻtkazilishi lozim. Kasallik kelib chiqishining asosiy sababi aniqlangach, umumiy dori-darmon va koʻzga tegishli dorilar: dezinfeksiyalovchi, soʻriltiruvchi dorilar bilan bir qatorda, qorachiqni kengaytiruvchi atropin, skopolaminning 1 foizli eritmasidan qorachiqni tezroq va yaxshiroq kengaytirish uchun tomiziladi. Umuman ekssudativ — yopishqoq (plastik) iridotsiklitlar tuberkulyozga taalluqli boiib, bunda odatda surunkali oʻtadigan yalligianish tezlik bilan ichkariga surilib, toliq panuveitga aylanadi. Agar tuberkulyoz iridotsikliti organizmida umumiy immuniteti bor bemorda paydo boisa, u asta-sekin rivojlanib rangdor pardada tuguncha (116-rasm) va juda quyuq katta-katta priyetsipitlar bilan koʻrinish beradi. Tugunchalar qizgʻish-sariq boʻlib, ular atrofida difTuz shish ham paydo boʻladi. Bir hafta — 10 kun ichida ular soʻrilib ketib, oʻmida va atrofida yanayangilari chiqaveradi va shu tariqa simmkali uzoq davom etaveradi. Lekin sil iridotsiklitinin ikkala xilida ham qalin pretsepitatlar, ekssudat boʻlib, yopishqoqlik (sinexiya, seklyiiziolar) kuchli boladi. Ikkala koʻz ham navbatma-navbat kasallanaveradi. Bunda toʻgʻri diagnoz qoʻyish va davolash ishlarini puxta olib borish zarur. Koʻz kasalliklarining ogʻir oʻtishini va oʻz vaqtida toʻgʻri davolanmasa odamni ojizlikka olib borishini inobatga olib, respublikamizning hamma viloyatlari va hududlarida tuberkulyoz dispanserlari faoliyat koʻrsatib kelayapti. Toksoplazmoz iridotsiklitlari koʻpincha toksoplazmozning hayotda yuqtirilgan turi bilan kasallangan odamlarda ham uchraydi. Toksoplazmalar qonga yoki koʻzga tushganda shox parda, rangdor parda va kipriksimon tananing oʻtkir yalligʻlanishi, koʻzda yoshlanish, ogʻriq berish va perikorneal inʼektsiya bilan boshlanib, rangdor pardadagi tugunchalar yoki diffiiz yopishqoq yalligʻlanish tezlik bilan kipriksimon tanaga oʻtadi va proliferativ jarayon boshlanadi va juda ogʻir davom etadi. Choʻkma donachalar yuzaga kelib, koʻkimtir sargʻish ekssudat qorachiqni bekitib qoʻyadi va ikkilamchi glaukoma kelib chiqadi. Baʼzan yiring shishasimon tanaga oʻtib endoftalmit yoki panoftalmit berib, 3-4 hafta ichida koʻz xira tortib qoladi. Yalligʻlanish jarayoni shu tariqa surunkali davom etib, ikkinchi koʻzni ham kasalga chalintiradi. Bunday bemorlarning koʻz ichi suyuqligidan toksoplazmani topish mumkin. Koʻz yaqin atrofidagi limfa bezlari dagʻallanib kattalashadi va ogʻriqli boʻladi. Diagnoz, difTerentsial diagnoz qoʻyish uchun anamnezning ham roli katta. Bemorning qaynamagan sut isteʼmol qilishi, pishmagan qiymadan tatib koʻrishi, qushxonada ishlashi yoki kasal mol, kuchuk, mushukni boqishi, shaxsiy gigiyenaga eʼtibor bermasligi va boshqalar bu kasallikni yuqtirishga sabab boʻladi. Diagnozni aniqlash uchim laboratoriya usullaridan RSK, teri ichiga toksoplazmoz zardobini yuborish, allergik reaksiyasi ham yordam beradi. Toʻgʻri tashxis qoʻyib davolash qancha erta boshlansa, u shunchalik taʼsirchan boiadi. Koʻz toksoplazmozini davolash usulining oʻziga xos tomonlari bor: bunda xloridin (tindurin) ning 0,025 mg ni 5 kun davomida kuniga 2 mahal va sulfadimezinni 0,5 yoki 1,0 g dan 7 kun davomida kuniga 4 mahaldan ichirish zarur. Davolashning bir kursi 3-4 shunday tsikldan iborat, tsikllar orasi esa 10-15 kun bo4ladi. Aminoxinolni 0,1-0,5 g dan 3 mahal va sulfadimezinni 0,5 g dan 3-4 mahal ichiriladi. Bunda ham tsikllar 7-8 kun oralatib 2-3 marta qaytariladi. Agar birorta bemorda shu dorilarga nisbatan sezgirlik (allergiya) oshgan boʻlsa, unda tsiklni maʼlum vaqtga toʻxtatib, keyin davom ettirish yoki tsikl oralarini uzaytirish tavsiya etiladi. Koʻzga simptomatik dorilardan etazol yoki norsulfazolning 1 % li eritmasidan elektroforez, Filatov toʻqima stimulyatorlaridan ham sanchib qoʻllash mumkin. Zaxm — sifilisdan rauyoo bo4adigan iridotsiklitlar zaxmning ikkinchi davrida rangdor parda qorachigʻi poyasidan kengaygan qon tomirlarning chegaralangan qizgʻish manbai (ochag) paydo boʻlib, 4-5 kundan so4ng ular so4rilib koʻrinmay ketadi. Shuningdek bir oz qizarib shishgan rangdor pardaning shu joyida papula paydo boʻlishi mumkin. Bu kichkina sargʻish-qizil shish shaklida boAladi. Baʼzida tsiliar gardishi ham bir necha shunga oʻxshash papulalar paydo boʻlishi mumkin. Qorachiqning qirrasi va yonidagi stromasi gavharga yopishib, plastik sinexiyalar paydo qiladi. Papulalar soʻrilgach, oʻmida atrofik mayda dogʻlar qoladi. Kipriksimon tana ham yaliqʻlanganda odatdagi simptomlardan tashqari shishasimon tanada havodagi changga oʻxshash mayda-mayda nuqtachalar paydo boʻlganday xiralanish vujudga keladi. Koʻruv nervi diski ham qizaradi. Zaxmning uchinchi davrida rangdor parda, tsiliar gardishi ichki betida sargʻishroq bir shish — gumma roʻyobga keladi (117-rasm, b). Gummaning boshlanishi kipriksimon tananing tekis poyasidan boʻlib, uni hozirgi vaqtda tsikloskopiya yordamida endigina paydo boʻlganidayoq Goldman iinzasi yordamida koʻrib diagnoz qoʻyish mumkin. Yalligʻlanish fibroz ekssudatli boʻlib, gummaning nekrozlanib parchalangan massasi gipopion shaklida paydo boʻladi. Rennatizm iridotsikliti oʻtkir yalligʻlanish bilan boshlanib, oʻziga xos klinik simptomlari bilan davom etadi. Sinexiyalar qorachiqning pigment jiyagi bilangina chegaralanib qoladi xolos. Oldi kamera suyuqligi xiralanadi va qorachiqda jelatinga oʻxshagan fibroz eksudat paydo boʻladi. Rangdor parda juda kam oʻzgaradi. Koʻpincha ikki koʻzda boʻladi va 5-6 hafta davom etib, soʻngra tuzaladi. Lekin havo oʻzgarganda, shamollaganda qayta-qayta retsidiv berib davom etishi mumkin. Virusli iridotsiklitlar — uchuqli yoki gripp virusidan paydo boʻlib, asta-sekin boshlanib, seroz yalligʻlanish sifatida surunkali davom etadi. 0 ʻzi kam uchraydi, vaqtida davolansa asoratsiz kechadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ M.N. Hamidova. Koʻz kasalliklari, 2008, Toshkent.