Kontent qismiga oʻtish

Irina Chukovskaya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Irina Chukovskaya
Tavalludi 1958-yil 14-yanvar
Janrlar Klassik musiqa
Kasbi pianinochi, musiqa oʻqituvchisi
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRRossiya bayrogʻi Rossiya
Veb-sayt http://irinachukovskaya.com/

Irina Vladimirovna Chukovskaya (niki Petrova) – rus pianinochisi va oʻqituvchisi. Moskva filarmoniyasining solisti va Moskva davlat konservatoriyasi oʻqituvchisi (1999-2005). 2000-yildan Gnessin nomidagi Rossiya musiqa akademiyasida dars berib, 2006-yildan dotsent, 2013-yildan professor lavozimida ishlab kelmoqda. 2017-yilda professor ilmiy unvoniga sazovar boʻlgan.

Toshkentda musiqachilar oilasida tugʻilgan. Birinchi oʻqituvchisi – Tamara Afanasyevna Popovich[1]. Yetti yoshida Toshkent filarmoniyasi (hozirgi Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestri) bilan birga gastrollarda qatnashib, Do-majorda Gaydnning konsertini ijro etgan. 12 yoshidan Moskva konservatoriyasi qoshidagi Markaziy musiqa maktabining talabasi boʻlgan (professor Vera Gornostaeva sinfi). Maktab oʻquvchisi sifatida u koʻplab orkestrlar (dirijyorlar Evgeniy Kolobov, Isroil Gusman, Andrey Chistyakov va boshqalar) bilan ijro etgan. 13 yoshida Fargʻona shahrida ilk yakkaxon konsert dasturini beradi. 1976-yildan 1981-yilgacha Moskva davlat konservatoriyasida professorlar Stanislav Neuhaus va Vera Gornostaeva (assistentlar Elena Rixter[2], Mixail Kollontai) sinflarida tahsil olgan. 1980-yilda Irina Chukovskaya (oʻsha paytda Petrova) Varshavada boʻlib oʻtgan Frederik Shopen nomidagi xalqaro pianino tanlovida 6-oʻrinni qoʻlga kiritgan[3]. 1983-yildan 1985-yilgacha Dmitriy Bashkirovning sinfida stajyor yordamchisi boʻlgan. U AQShning Rutgers universiteti professori Teodor Letvin sinfida ijro mahoratini oshirib, keyinchalik Mixail Kollontay bilan stajirovkadan oʻtaydi.

Irina Chukovskaya 1985-yildan beri Moskva filarmoniyasining solisti. Moskva va Sankt-Peterburgning markaziy zallarida chiqish qilgan. Shuningdek, yakkaxon va simfonik konsertlar bilan Rossiya, MDH mamlakatlari va xorijda gastrollarda boʻlgan.

1989-yildan 1997-yilgacha AQShda yashab ijod qilgan. 1991-yilda M. Shostakovich boshchiligidagi Yangi Orlean simfonik orkestrida Sen-Saensning ikkinchi konsertini ijro etib, debyut qilgan.

Maksim Shostakovich va Irina Chukovskaya. Filarmoniyaning katta zalidagi konsertdan keyin. 2009-yil 4-oktyabr, Sankt-Peterburg[4]

Rossiyaga qaytgach, Irina Chukovskaya faol konsert berishda davom etadi. Shu bilan birga oʻqituvchilik uchun koʻp kuch sarflaydi. Olti yil davomida Moskva konservatoriyasida professor L. N. Naumovning assistenti boʻlgan[5]. Hozirda esa Gnessin nomidagi Rossiya musiqa akademiyasida dars beradi (2006-yildan – dotsent). U boshqa musiqa maktablarida dars bergan. Rossiya, AQSh, Janubiy Koreya, Gretsiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Polshaning koʻplab shaharlarida mahorat darslarini oʻtkazadi.

  • Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, 2010-yil
  • Varshavadagi Fryderik Shopen nomidagi xalqaro pianino tanlovi sovrindori, 6-mukofot (1980-yil[6])
  • „21-asr sanʼati“ xalqaro tanlovining birinchi mukofoti sovrindori (Lempäälä, Finlyandiya), 2014-yil
  • Musiqa oʻqituvchilarining II xalqaro tanlovi Gran-prisi gʻolibi[7] (Varshava, Polsha), 2014-yil
  • „Musica Classica“ XV Xalqaro festival-tanlovida Gran-pri sovrindori[8] (Ruza, Rossiya), 2014-yil
  1. „Камола Миршахидова. Память о любимом учителе живёт в сердцах многочисленных музыкантов — Uzbekistan Today“. 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 16-avgust.
  2. Yelena Rixter. Artisticheskaya biografiya
  3. „The Fryderyk Chopin International Piano Competition (X – 1980) (X Mejdunarodniy konkurs imeni F. Shopena v Varshave – 1980)“. 2017-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-noyabr.
  4. „Социально-гуманитарная благотворительная акция в рамках программы «Онкология. Поможем… себе» — «Искусство — путь к исцелению» — Заслуженный коллектив России Академический симфонический оркестр филармонии; Дирижер — Максим Шостакович, солистка — Ирина Чуковская: Д. Шостакович. Праздничная увертюра; Концерт № 1 для фортепиано с оркестром; Симфония № 5“. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-avgust.
  5. Irina Chukovskaya. Soprikosnuvshis so vselennoy – Lev Naumov. Sbornik statey i vospominaniy – M: Deka-VS. 2007. S. 246 ISBN 978-5-901951-24-8
  6. „Międzynarodowy Konkurs im. Fryderyka Chopina“. www.konkursy.miedzynarodowe.chopin.pl. 2017-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
  7. „Podkarpacka Fundacja Rozwoju Kultury :: Interpiano.pl“. mastercompetition.interpiano.pl. Qaraldi: 2017-yil 16-sentyabr.
  8. Dmitry Builov. „Поздравляем лауреатов XV Международного фестиваля-конкурса Musica Classica | Rossiyskaya akademiya muziki imeni Gnesinix“. www.gnesin-academy.ru. Qaraldi: 2017-yil 16-sentyabr.