Kontent qismiga oʻtish

Irina Kaydashova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Irina Kaydashova
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 2-aprel 1985-yil (1985-04-02) (39 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Faoliyat yillari 1999-2014
Sport
Qaysi sport Taekvondo

Irina Kaydashova ( 1985-yil 2-aprel, Toshkent, Oʻzbekiston SSR ) — oʻzbek taekvondochisi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. XXVIII yozgi Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi, Olimpiya o'yinlaridagi birinchi o'zbek taekvondochisi.

Sport faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1999-yildan boshlab u xalqaro turnirlarda chiqa boshladi. Bangkokdagi (Tailand) Olimpiada o‘yinlarining Osiyo saralash turnirida 57 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida u finalda tailandlik taekvondochi Nootcharin Sukxondumnoyenga imkoniyatni boy berib, kumush medalga sazavor bo‘ladi.

2004-yilda Afinadagi (Gresiya) Yozgi Olimpiya o‘yinlarida 57 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida u chorak finalda meksikalik Iridiya Salazarga yengiladi va o‘yinlardagi ishtirokini yakunlaydi[1][2] . Irina mazkur o‘yinlarda Natalya Mamatova bilan taekvondo bo‘yicha milliy terma jamoaning Olimpiya o‘yinlaridagi birinchi vakillari bo‘lishdi[3] .

2006-yilda taekvondo bo‘yicha harbiy ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida u beshinchi o‘rinni egalladi[4]. 2010-yilda Guanchjouda (Xitoy) o‘tkazilgan Yozgi Osiyo o‘yinlarida 53 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida u birinchi raundlarni muvaffaqiyatli boshlaydi, lekin chorak finalda vetnamlik taekvondochi Nguyen Txi Xoay Txuga imkoniyatni boy berib qo‘yadi[5].

Kaydashova 2014-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionatida 53 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida 1/8 finalda tayvanlik sportchi Xuan Yun-Venga yutqazib qo‘yadi. Xuddi shu yili u sport faoliyatini nihoyalaydi.

  1. „Olympedia – Featherweight (≤57 kilograms), Women“. www.olympedia.org. 2021-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-avgust.
  2. „Women's 49-57kg taekwondo results“ (2004-yil 12-avgust). 2021-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-avgust.
  3. „Министерство туризма и спорта Республики Узбекистан“. minsport.uz. 2021-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-avgust.
  4. „Итоги чемпионата мира по таэквондо | UzReport.news“. 2021-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-avgust.
  5. MasTKD. „Resultados del segundo día de los XVI Juegos Asiáticos“ (en-US). mastkd.com (2010-yil 18-noyabr). 2021-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-avgust.