Irina Tebenixina
Irina Viktorovna Tebenixina | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | ayol) |
Fuqaroligi | Rossiya |
Tavallud sanasi |
1978-yil 5-dekabr Oʻzbekiston respublikasi, Fargʻona viloyati |
Boʻyi | 190 sm |
Sport | |
Qaysi sport | voleybol |
Faol tomoni | markaziy blokirovka |
Irina Viktorovna Tebenixina (1978-yil 5-dekabr, Oʻzbekiston SSR, Fargʻona) – rossiyalik voleybolchi. 2004-yilgi Olimpiada oʻyinlarining kumush medali sovrindori, ikki karra Yevropa chempioni, uch karra Rossiya chempioni. Maydondagi markaziy blokirovkada oʻyin olib boradi. Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Irina Tebenixina Oʻzbekiston SSR Fargʻona shahrida murabbiy Maya Ivanovna Domnidi bilan voleybol oʻynashni boshlagan. 1990-yillarning oʻrtalaridan Yekaterinburgdagi 1-sonli Olimpiya zaxiralari maktabida faoliyat olib borgan.
Irina 2009-yilda homiladorligi sababli sport faoliyatida tanaffus eʼlon qildi va oʻsha yilning 24-dekabrida qiz farzandini dunyoga keltirdi[1]
Irina Tebenixina quyidagi jamoalar safida oʻyin olib borgan:
- 1995 – 1996 – „Malaxit“ (Yekaterinburg);
- 1996 – 2001 – „Uraltransbank“/"Aeroflot-Malaxit" (Yekaterinburg);
- 2001 – 2003 – „Uralochka-NTMK“ (Sverdlovsk viloyati);
- 2003 – 2004 – „Dinamo“ (Moskva viloyati);
- 2004 – 2009 – „Uralochka-NTMK“ (Sverdlovsk viloyati).
3 karra Rossiya chempioni (2002, 2003, 2005), 4 karra kumush (1998, 1999, 2000, 2004) va 3 karra bronza (1997, 2001, 2009) medallari sohibi. Yevropa chempionlar kubogining ikki karra kumush medali sohibi (1997, 1999), 1999-yilgi CEV kubogi bronza medali sovrindori.
Rossiya yoshlar terma jamoasi tarkibida oʻyin olib borgan va 1997-yilgi jahon chempionligini qoʻlga kiritgan. 1995-yilgi jahon chempionatining bronza medali sovrindori, 1997, 1999-yilgi Yevropa chempioni va 1996-yilgi Yevropa chempionati kumush medali sovrindori boʻlgan. Rossiya oʻsmirlar terma jamoasi safida 1995-yilda qizlar oʻrtasidagi jahon chempionatining kumush medali sovrindori boʻlgan va 1995-yilgi Yevropa chempioniga aylangan. Rossiya talabalar jamoasi tarkibida Jahon Universiadasining ikki karra kumush medali sovrindori (1999, 2001).
1997—1999 va 2003—2004-yillarda Rossiya terma jamoasida oʻynagan. Jamoa bilan birgalikda quyidagi natijalarni qoʻlga kiritgan:
- 2004-yilgi Olimpiya oʻyinlarining kumush medali sovrindori;
- 1998-yilgi jahon chempionatining bronza medali sovrindori;
- 1999-yilgi jahon chempionatining kumush medali sovrindori;
- 1997-yilgi jahon chempionlar kubogi gʻolibi;
- ikki karra Gran-pri gʻolibi (1997, 1999) va ikki karra sovrindori;
- ikki karra Yevropa chempioni (1997, 1999).
Mukofotlari va unvonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi.
- Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi, yuqori sport yutuqlari uchun II darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni (2006-yil 3-oktyabr) sohibi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „«Irina Tebenikhina has a baby girl»“.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Ukaz Prezidenta RF ot 3 oktabrya 2006 g. № 1064
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Uralda sport“ saytidagi profil (Wayback Machine saytida 2018-11-27 sanasida arxivlangan)
- Irina Tebenikhina ROC veb-saytida
- Irina Tebenixinaning fotogalereyasi