Kontent qismiga oʻtish

Temir odam 2

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Iron Man 2dan yoʻnaltirildi)
Temir odam 2
Iron Man 2

Film posteri
Rejissyor(lar) Jon Favreau
Prodyuser(lar) Kevin Faygi
Ssenariynavis(lar) Justin Theroux
Rollarda
Bastakor(lar) John Debney
Kinematografiya Matthew Libatique
Muharrir(lar)
Studiya(lar) Marvel Studios
Distribyutor Paramount Pictures[1][2][3]
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 125 daqiqa[4]
Mamlakat Qoʻshma Shtatlar AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $170–200 million[5][6]
Daromadi $623,9 million[6]
Avvalgi film „Temir odam“ (2008)
Keyingi film „Temir odam 3“ (2013)

Temir odam 2“ (inglizcha: Iron Man 2) — 2010-yilda chiqarilgan superqahramonlik filmi; „Marvel kinematografiya koinoti“ (MKK) mediafranshizasidagi uchinchi film; „Temir odam“ (2008) filmining davomi. Marvel Comics komikslaridagi ayni nomli personajga asoslangan. Marvel Studios kinostudiyasi tomonidan ishlangan, Paramount Pictures tomonidan esa tarqatilgan. Filmga Jon Favreau rejissyorlik qilgan. Bosh rollarni Robert Downey Jr., Gwyneth Paltrow, Don Cheadle, Scarlett Johansson, Sam Rockwell, Mickey Rourke va Samuel L. Jackson ijro etgan.

„Temir odam 2“ premyerasi 2010-yilning 26-aprelida Los-Anjeles shahrida boʻlib oʻtgan. Film Kinotanqidchilar tomonidan ijobiy baholangan. Kinoprokatlarda umumjahon boʻylab $623,9 million mablagʻ toʻplab, 2010-yilning yettinchi eng kassabop filmiga aylangan. „Eng yaxshi vizual effektlar“ nominatsiyasida „Oscar“ mukofotiga nomzod oʻlaroq koʻrsatilgan. Filmning davomi — „Temir odam 3“ 2013-yilning 3-mayida chiqarilgan.

Tony Stark (talaffuzi: Toni Stark) Temir odam ekanligini ommaga oshkor etadi. Bu paytda Rossiyada „Stark Industries“ shirkati sobiq xodimi — Anton Vanko oʻgʻli Ivan Vanko qoʻlida jon beradi. Otasining oʻlimida „Stark Industries“ni aybdor hisoblagan Ivan otasining chizmalari asosida Starknikiga oʻxshash elektr yoyi bilan ishlaydigan reaktor yigʻishni boshlaydi. Oradan olti oy oʻtib, Stark OAV yulduziga aylanadi. AQSh hukumatining Temir odam bronkostyumi texnologiyasidan voqif boʻlish yoʻlidagi urinishlari esa samara bermaydi. Bundan tashqari, Stark otasi Howardning merosini davom ettirish maqsadida New York shahridagi Flushing Meadows–Corona parkida „Stark Expo“ koʻrgazmasini qayta ochadi.

Keyinchalik, Stark ham hayotini saqlab turgan, ham bronkostyumini quvvatlantirib turgan elektr yoyi bilan ishlaydigan reaktoridagi palladiy tanasini zaharlayotganini bilib oladi. Palladiy oʻrnini bosuvchi unsurni esa topa olmaydi. Yaqinlashib kelayotgan oʻlimiga nisbatan tobora beparvo va noumid boʻlib borayotgan Stark sogʻligi haqida hech kimga aytmaslikni lozim topadi. Stark yordamchisi Pepper Pottsni „Stark Industries“ bosh direktori etib tayinlaydi. Uning oʻrniga esa Natalie Rushman (talaffuzi: Natali Rashmen) ni yordamchi sifatida ishga oladi. Stark Monakodagi Gran-pri poygasida ishtirok etadi. Biroq, u boshqarayotgan poyga mashinasi Vanko hujumiga duchor boʻladi. Garchi Stark elektrlashgan qamchilar bilan qurollangan Vankoni magʻlub etsa-sa, uning bronkostyumi jiddiy zarar koʻradi. Qoʻlga olingan Vanko dunyoga Temir odam yengilmas emasligini isbotlashga uringanini aytadi.

Vanko yaratgan quroldan hayratda qolgan Starkning raqibi boʻlmish Justin Hammer (talaffuzi: Jastin Hammer) Vankoning vafot etgani haqida yolgʻon xabar eʼlon qilib, uni qamoqdan ozod etadi va evaziga undan Starknikidek bronkostyumlar yaratishni soʻraydi. Vanko esa bronkostyumlar oʻrniga dronlar yaratishni afzal koʻradi. Bu paytda Stark tugʻilgan kuni munosabati bilan uyida bazm uyushtiradi. Koʻp ichgani ortidan sarxush boʻlib qolgan Stark bronkostyumini kiyib olib uyida mayda tartibsizliklar amalga oshiradi. Uning eng yaqin doʻsti — AQSh Havo kuchlari polkovnigi James Rhodes (talaffuzi: Jeyms Rouds) Starkning prototip bronkostyumini kiyib, Starkni hovuridan tushirishga harakat qiladi. Ikkovlon oʻrtasidagi jang boʻlib, oxirida durang bilan yakunlanadi. Soʻngra, Rhodes kiyib olgan bronkostyumida uchib ketib, uni AQSh Havo kuchlariga topshiradi.

Q.A.L.Q.O.N. tashkiloti direktori Nick Fury (talaffuzi: Nik Fyuri) Stark bilan yaqinlashadi hamda unga „Rushman“ aslida agent Natasha Romanoff ekanligi, bundan tashqari, Howard Stark bilan shaxsan tanish boʻlgani haqida soʻzlab beradi. Fury, shuningdek, Vankoning otasi Anton va Howard Stark birgalikda elektr yoyi bilan ishlaydigan reaktor yaratishgani, biroq Anton reaktorni sotishga uringanda, Howard uni deportatsiya qilib yuborgani va oʻsha paytda sovetlar boʻsh qoʻl bilan qaytgan Antonni Gulagga surgun qilishgani haqida ham aytib beradi. Fury Starkga otasiga tegishli boʻlgan eski materialni beradi. Tony 1974-yilgi „Stark Expo“ dioramasida yashirin xabarni payqaydi. Yashirin xabar ortidan yangi kimyoviy unsur modelini topadi. Oʻzi yaratgan sunʼiy idrok — J.A.R.V.I.S. yordamida Stark uni sintezlaydi. Soʻngra, reaktoriga yangi unsurni joylab, palladiydan batamom xalos boʻladi.

„Expo“ koʻrgazmasida Hammer ommaga Vanko yaratgan dronlarni namoyish etadi. Stark Rhodesni ogohlantirish uchun yetib keladi, ammo Vanko masofadan turib koʻrgazmada namoyish etilayotgan barcha dronlarni, jumladan Rhodes kiygan bronkostyum ustidan ham nazorat oʻrnatadi va ular orqali Starkga hujum qiladi. Bu orada Hummer Vankoni qamoqdan ozod etganligi uchun hibsga olinadi. Romanoff va Starkning soqchisi Happy Hogan (talaffuzi: Heppi Hogan) Vankoni topishadi. Vanko qochishga muvaffaq boʻladi, biroq Romanoff Rhodes kiygan bronkostyum ustidan nazoratni Rhodesga qaytarishga erishadi. Soʻngra, Stark va Rhodes Vanko va uning dronlariga qarshi jang qilishadi. Vanko magʻlub boʻlgach, oʻzi kiygan kostyumni portlatish orqali oʻz joniga suiqasd qiladi.

Oradan maʼlum vaqt oʻtgach, Stark Fury bilan uchrashadi. Fury unga Q.A.L.Q.O.N. undan faqat maslahatchi sifatida foydalanmoqchi ekanligini aytadi. Keyinchalik, Stark va Rhodes qahramonliklari uchun medal bilan taqdirlanishadi. Titrdan keyingi sahnada, Q.A.L.Q.O.N. agenti Phil Coulson (talaffuzi: Fil Kolson) New Mexico choʻlidagi bolgʻa topilmasi haqida xabar beradi[izoh 1].

Robert Downey Jr.
(Tony Stark / Temir odam)
Gwyneth Paltrow
(Virginia „Pepper” Potts)
Don Cheadle
(James „Rhodey” Rhodes / War Machine)
Scarlett Johansson
(Natasha Romanoff / Qora beva)
Sam Rockwell
(Justin Hammer)
Mickey Rourke
(Ivan Vanko)
Samuel L. Jackson
(Nick Fury)
NomiMusiqaOriginal releaseDavomiyligi
1.„Shoot to Thrill“Angus Young, Malcolm Young, Brian JohnsonBack in Black (1980)5:17
2.„Rock 'n' Roll Damnation“A. Young, M. Young, Bon ScottPowerage (1978)3:37
3.„Guns for Hire“A. Young, M. Young, JohnsonFlick of the Switch (1983)3:26
4.„Cold Hearted Man“A. Young, M. Young, ScottPowerage (1978)3:34
5.„Back in Black“A. Young, M. Young, JohnsonBack in Black (1980)4:16
6.„Thunderstruck“A. Young, M. YoungThe Razors Edge (1990)4:53
7.„If You Want Blood (You've Got It)“A. Young, M. Young, ScottHighway to Hell (1979)4:37
8.„Evil Walks“A. Young, M. Young, JohnsonFor Those About to Rock We Salute You (1981)4:23
9.„T.N.T.“A. Young, M. Young, ScottT.N.T. (1975)3:34
10.„Hell Ain't a Bad Place to Be“A. Young, M. Young, ScottLet There Be Rock (1977)4:15
11.„Have a Drink on Me“A. Young, M. Young, JohnsonBack in Black (1980)3:57
12.„The Razors Edge“A. Young, M. YoungThe Razors Edge (1990)4:23
13.„Let There Be Rock“A. Young, M. Young, ScottLet There Be Rock (1977)6:07
14.„War Machine“A. Young, M. YoungBlack Ice (2008)3:10
15.„Highway to Hell“A. Young, M. Young, ScottHighway to Hell (1979)3:28
  1. Thor (2011) filmiga ishorat.
  1. Tadena, Nathalie „Disney Acquires Distribution Rights to Four Marvel Films From Paramount“. The Wall Street Journal. 13-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyul 2013-yil.
  2. Finke, Nikki. „Disney Completes Purchase of Marvel Home Entertainment Distribution Rights“ (2-iyul 2013-yil). Qaraldi: 2-iyul 2013-yil.
  3. Palmeri, Christopher. „Disney Buys Rights to Four Marvel Movies From Viacom's Paramount“ (2-iyul 2013-yil). Qaraldi: 2-iyul 2013-yil.
  4. „Iron Man 2 (12A)“ (inglizcha). Irish Film Classification Office. 20-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-dekabr 2021-yil.
  5. Fritz, Ben. „Movie Projector: 'Iron Man 2' has 'The Dark Knight' in its sights“ (inglizcha). Los Angeles Times (6-may 2010-yil). 3-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-may 2022-yil. „The movie cost about 870 million to produce, and worldwide print and advertising costs are roughly 850 million, per insiders.“.
  6. 6,0 6,1 Iron Man 2. Box Office Mojo. IMDb. 16-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-may 2022-yil.