Kontent qismiga oʻtish

Iroq isyonchilari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Iroq isyonchilari (shuningdek, isyonchilar, partizanlar va jangarilar deb ham atalishadi) - 2003-2011-yillardagi Iroq urushi paytida Iroqni bosib olgan xalqaro koalitsiya kuchlariga, shuningdek, AQSh tomonidan qo'llab-quvvatlangan fuqarolik ma'muriyati va hukumatiga qarshi chiqqan qurolli guruhlar.

2003-yilda Iroqqa bostirib kirishgach isyonning faol harakatlari boshlanadi.

Qo'zg'olonchilar g'oyaviy va moliyaviy motivlar, shu jumladan tashviqot ta'siri ostida mojarolarda qatnashgan ko'p millatli tarkibdan iborat. Qo‘zg‘olonchilar Iroq hukumatiga, bosqinchi kuchlarga va yangi tuzum tarafdorlariga qarshi turli harbiy va terroristik harakatlarni amalga oshirdi.

Mojarolar boshida qo'zg'olonchilar kichik obyektlarga yakka hujumlar uyushtirishdi, ammo 2004-yilda ular yaxshi himoyalangan baza va kolonnalarga hujumga o'tishdi. Shu bilan birga, agar ilgari harbiy yuk mashinasi ostida mina portlatib, isyonchilarni ogohlantirish uchun bir oz o'q uzgach imkon qadar tezroq tarqalishga harakat qilishgan bo'lsa, vaqt o'tishi bilan bomba portlashidan keyin ular kolonnani qo'riqlayotgan askarlarga granata va avtomatlardan o`tlar yog`dirshib so'ngra uni boshqa mashinalarga o'tkazishdi .

Bazalarga hujum qilish uchun partizanlar hududni yashirincha minalashtirishib shundan so'ng lagerga minomyot va granatadan o'q uzdishdi. Harbiylar pozitsiyalarni egallash uchun yugurishganda minalangan maydonga tushib qolishardi. Himoyachilarning bunday reydlar paytidagi yo'qotishlari ba'zan sezilarli darajada bo`lar edi. Ba'zida bomba o'rnatilgan mashina ham hujumlar uchun ishlatilgan. Snayperlar ham qatnashgan[1].

Biroq, qo'zg'olonchilar nafaqat jangovar dushman kuchlariga hujum qilishdi, balki terroristik harakatlarni ham amalga oshirdilar [1]. Bomba o'rnatilgan mashinalarning portlashlari, masjidlarga qilingan hujumlar, qattiq talablar qo`yish uchun yoki sheriklarini asirlikdan ozod qilish uchun garovga olish holatlari shular jumlasidan. Shu bilan birga, isyonchilar ba'zan butun shahar va qishloqlar ustidan nazorat o'rnatish va "partizan zonalari" - jangarilar nazorati ostidagi hududlarni yaratish uchun qurolli hujumlar uyushtirdilar. Bunday hududning eng kattasi mamlakat g'arbidagi Al-Anbar provinsiyasi bo'lib, 2006-yil kuzining boshida bosqinchi kuchlar tomonidan ham, Iroqning yangi hukumati tomonidan ham nazorat qilinmayotgan edi[2].

Chet elliklar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yili Iroqda harakatlanayotgan qo`zg`olonchilar soni 15-20 mingni tashkil qilardi, ulardan 700-2000 nafari chet elliklar edi (asosan Jazoir, Suriya, Sudan, Misr va Saudiya Arabistoni kabi davlatlardan).

Britaniya razvedkasi MI5 rahbari Элизы Мэннингем-Буллер(ingl.) Bosh vazir Toni Bleyrga bergan hisobotiga ko`ra 70 dan ortiq britaniyalik harbiy xizmatchilar Iroqdagi ziddiyatli mojarolar tomoniga o`tib ketgan. Falluja mujohidlari maslahat kengashi, 2004-yil, 18-noyabrda o'z qo'mondonligi ostidagi bo'linmaga ega bo'lgan bir amerikalik zobit isyonchilar tarafiga o'tgani haqida press-reliz e'lon qildi. Biroq, yo'qotishlar haqida press-relizda aytilganidek, haqiqiy dalillar keltirilmagan [3].

Va shuningdek...

[tahrir | manbasini tahrirlash]