Irsoli masal
Qiyofa
Irsoli masal - sheʻrda maqol, matal, hikmatli soʻzlarni muayyan maqsad bilan ishlatish usuli.
Misollar:
Xunob ichar vaqtimda xush kelding, koʻngilkim, xalq aro,
Yaxshi masaldirkim: "Kechir yaxshi kishi osh ustina".
(Ogahiy)
Sabr qilsang gʻoʻradin halvo bitar,
Besabrlar oʻz oyogʻidin yitar.
(Gulhaniy)