Kontent qismiga oʻtish

Is'hoqxon Ibrat majmuasi

Koordinatalari: 41°0′18″N 71°30′27″E / 41.00500°N 71.50750°E / 41.00500; 71.50750
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Is'hoqxon Ibrat Majmuasi
Joylashuv Namangan viloyati, To'raqo'rg'on tumani
Bagʻishlangan Is'hoqxon To'ra Ibrat
Turi memorial kompleks
Qurila boshlagan 2016
Qurilish tamomlangan 2018
Xarita
Koordinatalari 41°0′18″N 71°30′27″E / 41.00500°N 71.50750°E / 41.00500; 71.50750

Is'hoqxon Ibrat majuasi —Namangan viloyati To'raqo'rg'on tumanida joylashgan, XIX —XX asrlarda yashab o'tgan ma'rifatparvar jadid, matbaachi, tarixchi, shoir, poliglot olim Is'hoqxon Junaydulloxo'ja o'g'li Ibrat nomini abadiylashtirish maqsadida barpo etilgan memorial kompleksdir. Majmua To'raqo'rg'on tumanidagi soy bo'yida tashkil qilingan bo'lib, maydoni 2 gektarni tashkil qiladi. Uning tarkibida muzey, bog', bosmaxona, maktabgacha ta'lim muassasasi, xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan ijod maktabi va maktab yotoqxonasi o'rin olgan. Majmua bitganidan bir necha yil so'ngra maktab qarshisida Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti tashkil etildi.