Isa Yoqubov
Isa Rafailovich Yoqubov (1938.21.10, Toshkent) — rejissyor Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi (1974). Toshkent politexnika instituti (1956), Toshkent davlat sanʼat institutini (1965) tugatgan. Respublika qoʻgʻirchoq teatrida rejissyor (1966 yildan), bosh rejissyor (1967–90 yillar). Yo. har bir asar mazmuni va janriga moye sahnaviy shakl topishga, spektakllarning qiziqarli boʻlishiga intiladi. "Shavkatning boshidan kechirganlari" (L. Boboxonov, A. Qobulov), "Qoʻzichogʻim" (N. Roʻzimuhamedov), "Kul, kulaver, Oyxon" (M. Ushats), "Bir chigitdan ming chigit" (N. Roʻzimuhamedov, I. Yoqubov), "Farhod va Shirin" (A. Navoiy) va b. uning eng yaxshi spektakllari. Bolgariya qoʻgʻirchoq teatrida "Semurg" (Zulfiya, S. Somova), "Senimi, shoshmay tur" (A. Kurlyandskiy, A. Xait), Afgʻoniston teatrida "Olaboʻji" (M. Suponin), "Gʻaroyib musobaqa" (Ye. Speranskiy) kabi qoʻgʻirchoq spektakllarini sahnalashtirgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |