Isaxon Bahramov
Isaxon Bahramov | |
---|---|
Tavalludi |
1954-yil 10-iyun |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | Fermer |
Dini | Islom |
Turmush oʻrtogʻi | Halimaxon Yoʻldosheva |
Bolalari | 8 nafar |
Mukofotlari |
Isaxon Bahramov (1954-yil 10-iyun, Surxondaryo viloyati, Angor tumani) — Oʻzbekiston qahramoni, „Mehnat shuhrati“ ordeni sohibi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsagan paxtakor, „Saidnosirxon“ fermer xoʻjaligi rahbari.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Isaxon Bahramov 1954-yil 10-iyunda Surxondaryo viloyatining Angor tumanida tavallud topgan. 1955-yildan boshlab fermerlik bilan shugʻullana boshlagan. 1980-yilda makkajoʻxorichilik yoshlar brigadasiga boshliq etib tayinlangan. Isaxon Bahramov rahbarligidagi „Saidnosirxon“ fermer xoʻjaligi tomonidan Angor tumanidagi 9-umumtaʼlim maktabi otaliqqa olingan va har bir sinfning 3 nafar iqtidorli oʻquvchilari uchun stipendiya belgilangan. „Guliston“ MFYdagi 2 km yoʻlga Bahramov oʻz hisobidan tosh va asfalt yotqizim, aholiga qulaylik yaratgan[1].
Isaxon Bahramov 2022-yil 23-iyul kuni Surxondaryo viloyatida Konstitutsiyaviy islohotlar yoshlar nigohida mavzusi boʻyicha oʻtkazilgan uchrashuvda ishtirok etgan[2].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan paxtakor“ unvoni (1992-yil)
- „Mehnat shuhrati“ ordeni (2005-yil)
- Oʻzbekiston qahramoni (2008-yil)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor 2021, s. 138.
- ↑ Mamatrayimov, Xolmo‘min „Konstitutsiyaviy islohotlar yoshlar nigohida“. uza.uz. Qaraldi: 26-sentabr 2023-yil.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor va boshqalar. Oʻzbekiston qahramonlari. Toshkent: Adabiyot, 2021 — 216-bet. Qaraldi: 11-avgust 2023-yil.