Kontent qismiga oʻtish

Isfara-Botkent zilzilasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Isfara-botkent zilzilasidan yoʻnaltirildi)

Isfara-botkent zilzilasi -1977-yil 31 yanvar mahalliy vaqt bilan soat 14 dan 26 min. oʻtganda boʻlgan kuchli zilzila. Zilzila epitsentri Qirgizistonning Botkent qishlogʻi yaqinidagi Burjum togʻida 20 km chuqurlikda joylashgan. Zilzilaning kuchi epitsentrda (MSK—64 oʻlchovi boʻyicha) 8 ball, magnitudasi (Rixter boʻyicha) M—6,4 ga yetdi. I.-B.z. Isfara, Daxana, Lakkon, Oftobroʻy, Qizil-Pilolda 7—8, Soʻx, Shoʻrsuvda 6 — 7, Qoʻqon, Xoʻjandda 5—b, Toshkent, Namangan, Andijon, Jizzaxda 4, Samarqand, Dushanbada 3 ball kuch bilan silkindi. Epitsentral zonadagi barcha imorat va inshootlar katta zarar koʻrdi. 180 km2 maydonda yer yoriqlari paydo boʻldi. Goʻzan, Burjum togʻ etaklarida qulagan togʻ jinslari uyumlari vujudga keldi. Oftobroʻy qishlogʻida surilma va oʻpirilishlar boʻlib ariq va zovurlar tartibsiz buzildi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil