Ish davri
Ish davri — i.ch. vaqtining bir qismi boʻlib, ish vaqtidan foydalanish darajasini ifodalovchi koʻrsatkich. I.d. davomida bevosita mehnat amalga oshadi, mahsulot qiymati yaratiladi, I. d.ning haqiqiy oʻrtacha davomiyligi koʻrsatkichlari (ish yili, choragi, oyi) tegishli davrda haqiqiy ishlangan kishikunlarini ishchilarning ayni davrdagi roʻyxat boʻyicha oʻrtacha soniga boʻlish bilan; ish kuni esa haqiqiy ishlangan kishi-soatlarini haqiqiy ishlangan kishi-kunlarga boʻlish bilan; ish haftasi davomiyligi ish kunining haqiqiy oʻrtacha davomiyligini ish kunlari soniga (olti ish kunlik haf-tada — oltiga, besh ish kunlik haftada — beshga) koʻpaytirish orqali hisoblanadi. I.d. asosida ish yili, choragi, oyi, haftasi, kunidan foydalanish koeffitsiyenti hisoblanadi, bu koeffitsiyent I.d.ning xaqiqiy davomiyligini belgilangan davomiylikka boʻlish orqali aniqlanadi. ISH KUNI — sutkaning maʼlum qismida ishchi, xizmatchining korxonada mehnat qiladigan, i.ch. faoliyatida band boʻladigan vakti. 18-asr oxirida koʻp mamlakatlarda I.k. 16—17, Birinchi jahon urushi arafasida 10—12 soatni tashkil etgan. 1919-yil xalqaro miqyosda 8 soatlik I.k. joriy etish haqida Vashingtonda rasmiy ravishda kelishib olindi. Oʻzbekistonda hamma ishchi va xizmatchilar uchun 6 kunlik ish haftasida 7 soat, 5 kunlik ish haftasida 8 soat I.k., kon sanoatida va yer osti ishlarida yetakchi kasbdagi ishchilar va b. uchun 6 soatlik I.k. joriy etilgan. Oʻsmirlar uchun (15 yoshdan 16 yoshgacha) 4 soatlik I.k., voyaga yetmaganlar (16 yoshdan 18 yoshgacha) uchun 6 soatlik I.k. belgilangan. Hozir sanoatda ish haftasi 40 soat. I.k.ning asta-sekin qisqarishi va boʻsh vaqtnpt koʻpaya borishi hozirgi taraqqiyotning muhim qonuniyatlarvdan biridir. [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |