Ishchilar fakulteti
Ishchilar fakulteti (rabfak) — Oʻzbekistonda oʻrta maʼlumoti boʻlmagan ishchi va dehqonlarni oliy oʻquv yurtlariga kirishga tayyorlash maqsadida ochilgan umumiy taʼlim oʻquv yurti. Birinchi marta 1919 yil oxirida Turkiston xalq universiteti qoshida ochilgan (100 oʻquvchi boʻlgan); bu universitet asosida Turkiston davlat universiteti tashkil topgach, uning huzuridagi I.f. kengaydi. 1921 yil yanvar da undagi oʻquvchilar soni 480 kishiga yetdi, ularning 60% mahalliy millat vakili edi. 1922 yil fevral da Toshkentning Eski shahar qismida mazkur I.f. ning boʻlimi tashkil qilindi (unda maxsus xotinqizlar boʻlimi ham boʻlgan).
Oʻzbekistonda oliy oʻquv yurtlariga kiruvchilar yetishmasligi I.f. ni kengaytirishni taqozo etdi. 1927 — 28 yil lar Samarqand, Fargʻona va b. joylarda I.f. ochildi. 1929 yil Toshkent pedagogika instituti huzurida tashkil etilgan I.f. ning 30 guruhi boʻlib, qar bir guruhda 30 dan ortiq bola oʻqigan. 2 turli I.f. boʻlgan: kechki — korxonalardagi I.f. da i.ch.dan ajralmagan holda oʻqilgan (taʼlim muddati 4 yil), kunduzgi — oliy oʻquv yurtlari huzuridagi I.f.da i.ch.dan ajralgan holda oʻqilgan (taʼlim muddati 3 yil). I.f., asosan, pedagogika, tibbiyot va sanoat sohalari boʻyicha muta-xassislar tayyorlagan. Oʻzbekistonda umumiy va oʻrta maxsus taʼlimning rivojlanishi bilan oʻz ahamiyatini yoʻqot-di va 30-yillarning oxirida tugatildi. 1969 yil ishchi va qishloq yoshlarini oliy maktabga kirishi uchun zarur sharoit yaratish maqsadida oliy oʻquv yurtlarida tayyorlov boʻlimlark tashkil etildi. [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |