Ishkom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ishkom — toklarni koʻtarib oʻstirish uchun poya va bagʻazlardan qurilgan arksimon soʻri. Toshkent vohasi va Fargʻona vodiysida koʻp qoʻllanadi. I. uchun, asosan, 2—3 yillik toʻgʻri oʻsgan, yoʻgʻonligi 8—10 sm, 5–6 m uzunlikdagi qora tol novdasidan poya tayyorlanadi (poyalar poʻstlogʻi shilib tashlanadi). Poyalar tok qatorlarining har ikki tomoniga tupidan 0,5 m qochirib har 1 — 1,5 m oraliqda yerga qadab chiqiladi (poyalar bilan toklar oʻrtasida 50-50 sm oraliq qoldiriladi). Ikkala tomondagi poyalar egilib, uchlari bir-biriga chalkashtirib bogʻlanadi. I.ning bal. 2,5–3 m. Yerga qadalgan poyalarga koʻndalangiga yoʻgʻonligi 4—5 sm boʻlgan tol xodalaridan 50—70 sm oraliqda 4—5 qator bagʻaz bogʻlab chiqiladi. Na-tijada yoysimon I. hosil boʻladi. Bunda ikkita I. oraligʻida joylashgan tok novdalarining yarmi bir tomonga, ikkinchi yarmi ikkinchi tomonga taralib, bagʻazlarga bogʻlanadi. I.ga koʻtarilgan toklarni parvarish qilishda mexani-zatsiyadan toʻla foydalanib boʻlmaydi, har 3—4 yilda I.ni yangilab turishga toʻgʻri keladi. Uni qurish va har yili taʼmirlash uchun koʻplab mehnat va ash-yolar sarflanadi. Shuning uchun koʻproq voish deb ataluvchi takomillashgan usuldan foydalaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil