Ishlab chiqarish vositalari bozori
Ishlab chiqarish vositalari bozori — i.ch. uchun zarur boʻlgan barcha turdagi mehnat qurollari, xom ashyo, yoqilgʻi, materiallar oldi-sotdi qilinadigan bozor. Unga tovar birjasi, savdo uylari, savdo-vositachilik firmalari, tijorat kompaniyalari va markazlari, lizing kompaniyalari, auksionlar, yarmarkalar, davlat zaxiralari va sugʻurta fondlari, standartlar va narxlar boʻyicha davlat inspeksiyalari, monopoliyadan chiqarish qoʻmitalari va b. kiradi. Bozor muno-sabatlari i.ch. vositalarini barcha is-teʼmolchi korxonalarga, korxona sohiblariga va aholiga erkin narxlarda sotish imkoniyatlarini yaratishni takogo etadi. Bu esa, oʻz navbatida, zamonaviy asbob-uskunalar, texnika vositalarini i.ch., ularning sifatini yaxshilash hamda sotish infratuzilmasi (axborot, reklama, marketing xizma-ti)ni yaratish bilan bogʻliq. I.ch.v.b.da ulgurji savdo-sotiq yuz beradi, resur-slarga talabgorlar resurs yetkazuvchilar bilan shartnoma asosida ish yuritadi. Resurs bozorining bosh boʻgʻini tovar birjasi hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalarini xarid qiluvchilarga q.h. va sanoat tarmoqlari korxonalari, togʻ-kon, oziqovqat, kimyo sanoatlari, qurilish, mebelsozlik, transport, aloqa, kommunal xoʻjaligi, maishiy xizmat va b. sohalar korxonalari kiradi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |