Kontent qismiga oʻtish

Ishlab chiqarish zaxiralari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ishlab chiqarish zaxiralari — korxonadagi hali Ishlab chiqarish jarayonlariga jalb etilmagan va ish oʻrniga yetib kelmagan aylanma vositalarining bir qismi: Ishlab chiqarish zaxiralari xom ashyo, asosiy va qoʻshimcha materiallar, yoqilgʻi, sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar, detallar, ehtiyot qismlar, asboblar va b. ishlab chiqarish vositalaridan ibo-rat boʻladi. Ishlab chiqarish zaxiralari ishlab chiqarish ja-rayonining uzluksiz kechishini taʼminlashga xizmat qiladi. Bunda ularning ortiqcha boʻlishi (Ishlab chiqarishga zarur boʻlmagan zaxiralar)ga ham yoʻl qoʻymaslik zarur. Ishlab chiqarish zaxiralari natural koʻrsatkichlar (ogʻirlik, hajm, dona, oʻlcham,) da aniqlanadi. Uning hajmi korxonada muayyan davr (kun, oy, kvartal, yil) uchun belgilanadi.

Vazifasiga koʻra, Ishlab chiqarish zaxiralari joriy zaxiralar, kafolatli zaxiralar va tayyorgarlik zaxiralariga boʻlinadi. Joriy zaxiralar har kuni muayyan maqsulot birligini Ishlab chiqarish uchun ombordan (yoki toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib beruvchidan) yetkazib beriladi. Kafolatli zaxiralardan, asosan, joriy zaxiralar tugab, navbatdagi Ishlab chiqarish zaxiralarini yetkazib berish toʻxtab qolganda Ishlab chiqarish uzluksizligini taʼminlash uchun foydalaniladi. Uning darajasi shoshilinch berilgan buyurtmani bajarishga ketgan vaqt va oʻtgan davrda yetkazib berilgan Ishlab chiqarish zaxiralari bilan kelgusida yetkaziladigan zaxiralar orasidagi tafovut bilan belgilanadi. Bunda zaxiralarni yetkazib berish ma-sofasi, ularning ishonchliligi, ma-teriallarni tashib berish harakteri va usuli, ularni yaqin joylashgan bazalardan olish imkoniyatlari va b. hisobga olinadi. Kafolatli zaxirani yaratish uchun zarur zaxiralarni har besh kunda yetkazib berishga erishish, shu bilan bir qatorda moddiy-texnika taʼminotini kengaytirish kerak boʻladi. Tayyorgarlik zaxiralari yetkazib berilgan zaxirani qabul qilib olish, ularni sifatini tekshirish, saralash, joylash, korxonaning sexlariga yetkazib berish va b.ni talab qiladi. Odatda, joriy, kafolatli va tayyorgarlik zaxiralari birgalikda ombor zaxirasini hosil qiladi. Bundan tashqari, Ishlab chiqarishning boshi va oxirida vujudga keladigan vaqtinchalik (bunda zaxira faqat qisqa muddatga yuzaga keladi) zaxiralar bor. Oziq-ovqat sanoati korxonalarida mavsumiy zaxiralar hosil qilinadi. Ularning hajmi mavsumiy tanaffuslarning uzunligiga bogʻliq.

Zaxiralarni haddan tashqari oshirib yubormaslik, ularni Ishlab chiqarish harakteri va hajmiga qarab, meʼyor darajasida yaratish zarur. Umuman zaxiralar maʼlum darajada mablagʻlarni band qilib, Ishlab chiqarish samaradorligini pasaytiruvchi omil hisoblanadi.

Sadir Salimov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


ishlab chiqarish zairalari deganda korxona zaxirasida ya'ni omborida turgan mahsulotlardan unumli foydalanish ya'ni korxona budjetiga yanada ko'p foyda to'plashni tushunsa bo'ladi.ishlab chiqarayotgan mahsulotlar har qanday mahsulotdan unumli foydalanishi kerak!