Kontent qismiga oʻtish

Ishlab chiqarishni intensivlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ishlab chiqarishni intensivlash — texnika, moddiy va mehnat resurelari potensialining har bir birligidan yanada toʻliqroq foydalanish yoʻli bilan ishlab chiqarish jadalligini oshirish. Zamonaviy texnika va texnologiyani joriy etish, ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish, mehnat resurelaridan ratsional foydalanish orqali barcha jabhalarda yuqori koʻrsat-kichga erishishga asoslanadi. Intensiv oʻsish ekstensiv oʻsishdan mavjud ishlab chiqarish kuvvatlari, texnik, moddiy resurelarni samarali ishlatish bilan farq qiladi. ishlab chiqarishi. darajasi asosiy fondlarning 1000 soʻmlik qiymatiga qancha mahsulot ishlab chiqarish, bir xodim (ishchi)ga toʻgʻri keladigan muayyan davr (oy, chorak, yil) mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi (unumdorlik), bir kvadrat metr ishlab chiqarish maydoniga toʻgʻri keladigan mahsulot hajmi va b. koʻrsat-kichlar bilan baholanadi. ishlab chiqarishi. ning asosiy manbalari ilmiy-texnika taraq-qiyoti, ishlab chiqarish va mehnatni uyushtirishni takomillashtirish, boshqarishning yangi usullarini qoʻllashdir. ishlab chiqarishi. xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlariga xos. Sanoatda ishlab chiqarishi xom ashyo va yoqilgʻi, moddiy resurelarning yangi turlarini kiritish, yuqori samarador komp-leks-mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonini tezlashtirish, yoqilgʻi va energetika, material, xom ashyo, maydon, asbobuskunalardan foydalanishni yaxshilash, kooperatsiyalash va ixtisoslashtirish asosida ishlab chikarishni ilmiy tashkil etish hisobiga amalga oshiriladi. Qurilishda ishlab chiqarishi. bino va insho-otlarni sanoatda tayyorlangan qismlardan montaj qilish jarayonini kompleks mexanizatsiyalashtirish, yuqori unumli texnikalarni qoʻllash, qurilish muddatini qisqartirib, uning sifatini oshirish va b. da koʻrinadi. Qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarishi. mexanizatsiya, melioratsiya, kimyolashtirish, elektrlashtirish asosida dehq-onchilik madaniyatini oshirishdan, tuproq unumdorligini oshirish, biologiya va agronomiya fanlarining eng muhim yangi yutuklarini, yangi texnika va texnologiyalarni joriy etishdan iborat.

Sanoatda ishlab chiqarishi. darajasi keyingi davrda mehnat unumdorligining , asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatining oʻsi-shi, mahsulot umumiy hajmining op-tishi, yoqilgʻi sarfi solishtirma his-sasining pasayishi, metall eritish pechlarining 1m2 hisobiga oʻrtacha sut-ka davomida eritilgan poʻlat mikdo-rining oshishi va b. koʻrsatkichlar bilan tavsiflanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida ishlab chiqarishi. raqobat kurashida yengib chiqishning muhim omillaridan biri.

Mamlakatlar iqtisodiyotining rivoji ham ekstensiv va ham intensiv omillardan foydalanish yoʻli bilan boradi.

Sadir Salimov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil