Kontent qismiga oʻtish

Ishlab chiqarishni iqtisodiy ragʻbatlantirish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ishlab chiqarishni iqtisodiy ragʻbatlantirish - iqtisodiy omillar yordamida korxona iqti-sodiy manfaatlariga taʼsir koʻrsatadi. Ishlab chiqarishni iqtisodiy raģbatlantirish moddiy ishlab chiqarishnini rivojlantirishning zarur va muhim shartidir. Davlat tomonidan Ishlab chiqarishni iqtisodiy raģbatlantirish imtiyozli kreditlar berish, ishlab chiqarishgaga toʻgʻridan-toʻgʻri subsidiyalar ajratish, soliq im-tiyozlari berish, tashki faoliyatni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, davlat xarid narxlarini koʻtarish, ish haqidan olinadigan soliqlar stavkasini pasaytirish, eksport-import tovarlarini boj toʻlovidan ozod qilish va boshqalardan iborat. Ishlab chiqarishni iqtisodiy raģbatlantirish korxona bilan davlat oʻrtasidagi, korxonalararo hamda korxona bilan uning xodimlari orasidagi iqti-sodiy munosabatlarni ifodalaydi. Shuning uchun Ishlab chiqarishni iqtisodiy raģbatlantirish ayni vaqtda, moddiy ishlab chiqarishdagi xoʻjalik hisobi munosabatlarini ham aks ettiradi. Davlat bilan korxona orasidagi iqtisodiy munosabatlar korxonada olingan foydani taqsimlash, ishlab chiqarilgan mahsulotga narx qoʻyish, iahlab chiqarish fondlari uchun toʻlov meʼyorlarini belgilash, korxonaga zarur boʻlganda kredit berish va b. tadbirlarda namoyon boʻladi. Korxona bilan xodimlar oʻrtasidagi munosabatlar esa ishchilar (mutaxassis)ning shaxsiy moddiy manfaatini qondirish uchun boʻlgan intilishlarida va ularning mehnatiga qarab haq toʻlashda oʻz aksini topadi.

Ishlab chiqarishni iqtisodiy raģbatlantirish tizimi xodimlarining oʻz mehnat natijalaridan bevosita moddiy manfaatdorligini taʼminlagan taqdirdagina yaxshi samara beradi. Shu tufayli Ishlab chiqarishni iqtisodiy raģbatlantirishnini takomillashtirish, dastavval xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirishni taqozo qiladi. Ishchilarni moddiy ragʻbarlantirish, asosan, ish haqi, mukofotlash, kashfiyot, ixtiro va ra-sionalizatorlik takliflari uchun taqdirlash orqali amalga oshiriladi. Korxonalarning fondi va boshqa manbalar hiso-biga tashkil qilinadigan iqtisodiy ragʻbatlantirish fondlari, ijtimoiy madaniy tadbirlar va ishlab chiqarishni rivojlantirish fondlari Ishlab chiqarshni iqtisodiy raģbatlantirishdada katta ahamiyatga ega.