Kontent qismiga oʻtish

Ishlab chiqarishni tashkil etish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ishlab chiqarishni tashkil etish —normahammatov abdulloh farhodjon ogli ishlab chiqarish re-surslari va mehnat qurollaridan oqilona foydalanib, belgilangan vazifani bajarish va yuqori samaradorlikka erishishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui. ishlab chiqarisht.e. eng maʼqul usullarni, zarur asbob-uskunalarni tanlash, turli ishlab chiqarish sohalarining mutanosib va uzluksiz ishlashini taʼminlash, ishlab chikarish grafiginit bu-zilishiga yoʻl qoʻymaslik, korxona va sexlarda ishlab chiqarish estetikasi, sanitariyasi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga mos keladigan sharoitlarni yaratish va b. da namoyon boʻladi. ishlab chiqarisht.e. dan maqsad korxona uchun aj-ratilgan moddiy, moliyaviy va mehnat imkoniyatlaridan mumkin qadar yaxshiroq foydalanish, eng yuqori moliyaviy natijalarga erishishdir.

ishlab chiqarisht.e. xalq xoʻjaligi uchun zarur boʻlgan turdagi, sifatdagi, modeldagi mahsulot, buyumlarni yetkazib berishi, ishlab chiqarish ning oʻsishi harajatlarning kamaytirishi, mehnat sharoitining yaxshilanishi va xodimlarning madaniy-tex-nik darajasini taʼminlashi zarur. Yangi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini tayyorlash ularni moder-nizatsiyalash jarayoni, ishlab chiqarish boʻgʻinlarini boshqarish va nazorat ishlari hamishlab chiqarisht.e. ga kiradi. U mahsulot ishlab chiqarish ning barcha bosqichlarini qamraydi va barcha xususiy vazifalarni umumlashtirib, umumiy tizim harakterini oladi, pirovardida jamiyat isteʼmolining maksimal qoniqishlarini, yaʼni yetarli ishlab chiqarishni xreil qiladi. ishlab chiqarisht.e. ning asosiy talabi jarayonlarining uzluksizligi, ishlab chiqarish boʻgʻinlarining mutanosibligi va mahsulot ishlab chiqarishning takroriyligidan iborat. Uzluksizlik mehnat vositalaridan foydalanib vaqtni minimal sarflash hisobiga ishlab chiqarish ning barcha bosqichlaridan mehnat predmetlarining toʻxtovsiz oʻtishida aks etadi. Mutanosiblik ishlab chiqarish kuv-vatlaridan toʻliq foydalanish imko-niyatni beruvchi uchastkalarning oʻzaro moslashuv xususiyati. Takroriylik muayyan vaqt birligi ichida bir xil ish hajmini bajarish va bir xil mahsulot ishlab chiqarish ni uzluksiz tashkil etishdir. ishlab chiqarisht.e. ning muhim kurinishlari ixtisoslashtirish, konsentratsiyalash va kombinatsiyalashdir.

ishlab chiqarisht.e. ning tarkibiy tuzilishiga koʻra, funksional (konsentratsiya, ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash va ishlab chiqarishni kombinatsiyalash orqali yangi ishlab chiqarish tizimlarni yaratish yoki eskilarni takomillashtirish), makon (sexlar, ishlab chiqarish uchastkalari, korxona, birlashma, hududiy ishlab chiqarish majmualari darajasida ishlab chiqarisht.e.) va vaqtga koʻra (xom ashyodan tayyor mahsulotgacha boʻlgan texnologik jarayonlarini oʻz ichiga olgan) koʻrinishlari bor.

ishlab chiqarisht.e. ning xususiyatiga koʻra, potok l i (ishlab chiqarish ning har bir uchastkasida muayyan ish nomenklaturasi, ish urni mahsulot tayyorlashga qarab belgilanadi, bunda, odatda, bir turdagi mahsulot kuplab tayyorlanadi), yakka tartibda (alohida uchastkalarni texnologik ixtisoslashda namoyon boʻladi) va partiyalab, toʻp-toʻp qilib ishlab chiqarish (po-tokli va yakka tartibda mahsulot ishlab chiqarishni ham oʻzida mujassam etadi) koʻrinishlari bor. ishlab chiqarisht.e. da ishlab chiqarish sikli davomiyligini vaqt jiqatidan rejalashtirish muhim ahamiyatga ega. Hoz. vaqtda texnikadan unumli foydalanish va ularni oʻz vaqtida sifatli qilib taʼmirlash ishlab chiqarish t.e. ning muhim vazifasiga aylangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil