Ishonuvchanlik
Ishonuvchanlik (psixologiyada) — ishontirishda beriluvchanlik. Beriluvchanlik darajasi ishontiruvchining taʼsiriga berilishga va boʻysunishga ichki tayyorgarligi bilan belgilanadi. I. individning sharoitga va shaxsiy omillarga qay darajada bogʻliq ekanini koʻrsatib turadi. Shaxsning yuqori I. xususiyatlariga oʻz-oʻziga ishonmaslik, oʻzining norasoligini his qilish, itoatkorlik, jurʼatsizlik, tortinchoqlik, xavotirlanish, taʼsirlanuvchanlik, mantiqiy tafakkurning sustligi, psixik faoliyat jarayonining sekinligi kiradi. Subʼyektning psixofizik holati, muhokama qilinayotgan masalada yoki bajarilayotgan faoliyat turida xabardorlik, kompetentlilik darajasining pastligi, qaror qabul qilish uchun vaqtning kamligi shaxsda I. ning oshishiga taʼsir koʻrsatadi. Har bir odam maʼlum sharoitlarda qandaydir darajada ishonuvchan boʻlishi mumkin. I. ning ikki turi aniqlangan. Birinchi-si, oʻz-oʻzini ishontirishga, gipnozga nisbatan sezgirlik, ikkinchisi esa boʻysunish munosabatlari, subʼyektning oʻziga beradigan bahosining pastligi bilan bogʻliq. I. shaxs psixikasining normal xususiyati, ammo haddan ziyod I. xulq-atvorni izdan chiqarishi mumkin va u salbiy sifat deb baholanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |