Iskandarkoʻl ekspeditsiyalari
Iskandarkoʻl ekspeditsiyalari (1870, 1875) — Zarafshonning yuqori oqimidagi bekliklarni istilo etish maqsadida podsho Rossiyasi tomonidan uyushtirilgan harbiy yurishlar. Birinchi harbiy yurish (1870, aprel — may)dan maqsad podsho Rossiyasi Buxoro amirligining anchagina qismini bosib olgach, amirlik-ka tobe boʻlgan Koʻhiston, yaʼni Hisor, Koʻlob, Baljuvon bekliklari va Qo-rategin, Darvoz shohliklari hamda Zarafshonning yuqori oqimidagi yarim mustaqil Mogʻiyon, Fon, Kishtut, Fal-gʻar, Mastchoh, Yagʻnob mulklarini bosib olish va Iskandarkoʻl atrofidagi tabiiy boyliklarni oʻrganish edi. Yurishga Zarafshon okrugi boshligʻi general Abramov rahbarlik qildi. Ekspeditsiya tarkibiga geolog D. K. Mishenkov, tabiatshunos olim A.F. Fedchenko, haritashunos L. N. Sobolev, topograf A. M. Skassi va b. kiritilgan. Mastchox/shk mahalliy aholi ruslarga qattiq qarshilik koʻrsatganiga qaramay, 1-ekspeditsiya natijasida Zarafshon daryosining yuqori oqimidagi bekliklar tumanga aylantirilib, Zarafshon okrugiga qoʻshib olindi, ularning aholisi, geografiyasi va topografiyasi toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻplandi.
Ikkinchi harbiy yurish (1875) Koʻhistonda Qalandar miroxoʻr boshchiligida Puldarak qishlogʻida koʻtarilgan milliy ozodlik harakatini bostirishga qaratildi. Shu maqsadda shtabs-kapitan G. A. Arendarenko boshchiligida 1 muntazam batalon, 10 otliq kazak va 1 togʻ zambaragi yuborildi (8 noyabr). 21 noyabr
da esa A. M. Yefimovich boshchiligida qoʻshimcha harbiy qism yetib keldi. Natijada ozodlik harakati, asosan, bostirildi. Uning bir qism qatnashchilari Yuqori Mastchoh qishlogʻiga chekinganlar. Ularga Qoʻqon xonligida yashovchi aholidan yordam kelishi bilan ozodlik harakati ommaviy tuye oldi. General G. A. Arendarenko 1876-yil 13 yanvarda yangi kuch bilan xalq harakatini shafqatsiz ravishda bostirdi. Qalandar miroxoʻr qoʻlga tushirildi, istiqlolchilarning koʻp qismi qirib tashlandi. I.e. natijasida Zarafshonning yuqori oqimidagi bekliklar uzil-kesil podsho Rossiyasi tomonidan bosib olindi.
Naim Norqulov.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |