Kontent qismiga oʻtish

Saʼdulla Iskandarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Iskandarov Saʼdulladan yoʻnaltirildi)

Iskandarov Saʼdulla (1939-yil 5-fevral, Xorazm viloyati Bogʻot qishlogʻi) — kimyogar olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000). Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi Fanlar akademiyasida akademik (1991), kimyo fanlari doktori (1973), professor (1980). Toshkent farmatsevtika institutini tugatgan (1961). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻsimlik moddalari kimyosi institutida ilmiy xodim (1965—1973), Xorazm pedagogika institutida prorektor (1973—1977). Oʻrta Osiyo neftni qayta ishlash ilmiy tadqiqot instituti direktori (1977—1978). Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti rektori va kafedra mudiri (1978—1986; 2001-yildan), laboratoriya mudiri (1976—1991). Toshkent farmatsevtika instituti rektori (1991—2001). Ilmiy ishlari oʻsimliklar alkaloidlarini oʻrganish, kimyoviy tuzilishini aniqlash, strukturaviy tahlil usullari va ularni qishloq xoʻjaligida qoʻllash masalalariga bagʻishlangan. Oʻsimliklardan 24 yangi alkaloid ajratib olgan. Paxtachilikda qoʻllaniladigan biologik stimulyatorlar (A-1, Ketostim), „Optim“ defoliantini ixtiro qilgan. Shamol eroziyasiga karshi kurashda interpolimer kompleks qoplama hosil qilish usulini yaratdi. Tibbiyotda keng koʻlamda ishlatiladigan bir qancha noyob dorilar (levomitsetin, vitamin Ye, mumiyo va boshqalar)ni ishlab chiqarishning yangi texnologiyalarini taklif etdi. Oliy oʻquv yurtlari uchun organik kimyo boʻyicha darsliklar yozgan. Jahon dorishunoslar Kongressi aʼzosi (1996)[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil