Kontent qismiga oʻtish

Toshkent farmatsevtika instituti

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Toshkent farmatsevtika instituti

Institut logotipi
Xalqaro nomi
Toshkent Pharmaceutical Institute
Turi Institut
Asos solingan sanasi 1937
Rektori Rizayev Kamal Saidakbarovich
Fakultetlar 4 ta
Talabalari 3,500+
Bakalavriat 15 ta yoʻnalish
Magistratura 7 ta mutaxassislik
Professorlari 45
Oʻqituvchilari 258
Manzili
Veb-sayti www.pharmi.uz

Toshkent farmatsevtika instituti — oliy maʼlumotli farmatsevtlar, sanoat farmatsiyasi uchun muxandis texnologlar, farmatsevt pedagoglar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1937-yilda tashkil etilgan. Institutda 3,500 dan ortiq talabalar taʼlim oladilar.

Institut tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkеnt farmatsеvtika instituti O`zbеkiston Rеspublikasi Sog`liqni saqlash xalq komissariatining 155-son buyrug`i bilan 1937-yil 16-iyulda tashkil qilingan. Bu voqеa Farmatsеvtika bo`yicha mutaxassislarni nafaqat O`zbеkistonda, balki ba’zi O`rta Osiyo davlatlarida tayyorlash uchun ham asos bo`ldi. Oliy Farmatsеvtik ta’lim strukturasini va farmatsevtlarni tayyorash bo’yicha dastur tayyorlandi.

1937-yildan boshlab dirеktor vazifasini Е.U.Shurpе, P.F.Arxangelskiy, A.S.Valinskiy bajarishgan. 1938-yilda R.A.Nеdrit dirеktor bo`lgan. So`ng 2001-yilgacha rеktor vazifasini K.X.Tagirov, profеssor D.S.Soxibayev, akadеmik U.X.To`raqulov, profеssorlar N.R.Raximov, M.A.Azizov, X.X.Xolmatov, I.B.Zokirov, Е.R.Toshmuxamеdov, akadеmik S.I.Iskandarov, professorlar A.N.Yunusxo`jayev, X.K.Djalilov, I.I.Alimdjanovlar bajarishgan va hozirgi kunga kelib tibbiyot fanlari doktori K.S.Rizayev bajarib kеlmoqda.

O`zbеkiston Rеspublikasining mustaqillikni qo`lga kiritgani Toshkеnt farmatsеvtika instituti uchun ham tarixiy voqеa bo`ldi. Institut rеspublikada bosqichma-bosqich o`tkazilayotgan islohotlar bilan hamqadam bo`lib, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini hayotga tatbiq qilish ustida, moddiy-tеxnik bazani yangilash hamda o`quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borishda o`quv rеjalari, standartlari va dasturlarini ishlab chiqishda ham tinmay mеhnat qilmoqda. Bugungi kunda institutda farmatsеvtlarning malakasini oshirish fakultetlari, kasbiy ta’lim, farmatsiya, sanoat- farmatsiya va Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika instituti bilan ochilgan qo’shma fakultetlar faoliyat yuritmoqda.

1992-yildan institutda Rеspublikamizda farmatsеvtika fani va amaliyotining ko`zgusiga aylangan “Farmatsevtika jurnali” muntazam ravishda nashr qilina boshladi. Jurnalning https://farjur.uz (Wayback Machine saytida 2022-12-03 sanasida arxivlangan)[1] nomli web-sayti yaratilgan.

Institut haqida

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • FARMATSIYA FAKULTETI
  • SANOAT FARMATSIYASI FAKULTETI
  • FARMATSEVTLAR MALAKASINI OSHIRISH VA QAYTA TAYYORLASH FAKULTETI
  • XALQARO VA QOʻSHMA TA`LIM FAKULTETI

Professor-oʻqituvchilar tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024 yilga kelib institutning 18 ta kafedrasida jami 265 nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat koʻrsatib, ularning 48 nafari professor va fan doktorlari, 67 nafar fan nomzodlari va dotsentlaridir.

Jami

Shu jumladan
Fan doktorlari Fan nomzodlari, dotsentlar Katta o‘qituvchilar Assistentlar
jami erkaklar ayollar jami erkaklar ayollar jami erkaklar ayollar jami erkaklar ayollar
265 48 22 26 67 32 35 58 28 30 92 39 53

Institut tuzilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Farmatsevtika sanoati bugungi kunda mamlakatimizda jadal rivojlanib kelayotgan sohalardan biridir. Institut farmatsevtika sohasini rivojlantirish uchun har yili 300 dan ziyod kadrlarni xalq xoʻjaligiga etkazib bermoqda. Institutimizda 4 ta fakultet bakalavriatura va magistratura bosqichlarida kadrlar tayyorlamoqda. Institutda Farmatsiya, Qo'shma fakultet, Sanoat farmatsiyasi va Farmasevtlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetlarida 11 mutaxassislik boʻyicha kadrlar tayyorlanmoqda.
Institut Umumjahon sog'liqni saqlash tashkilotining Yevrobo'limi bilan Markaziy Osiyo davlatlari uchun farmatsevtika taʼlimini isloh qilish boʻyicha maxsus loyihada Rossiya, Qozog'iston, Ukraina, Pokiston, Hindiston, Xitoy oily oquv yurtlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qililinmoqda.

Institut ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Institutning yuqori ilmiy salohiyatini e’tiborga olib, ilmiy izlanishlarni ta’lim yoʻnalishlariga toʻliq mos kelgan holda farmatsiyaning quyidagi asosiy yoʻnalishlariga qaratilmoqda:

Mahalliy dorivor oʻsimliklar va koordinatsion birikmalar asosida mukammal dori vositalari yaratish va tibbiyot amaliyotiga tadbiq etish. Amaliyotga joriy etilgan generik dori vositalarini yangi takomillashgan texnologiyalarini ishlab chiqish. Farmatsevtik va toksikologik tahlil usullarini takomillashtirish. Oʻzbekistonda qayd etilgan dori voitalari va tibbiy buyumlarning marketing va farmakoiqtisodiy tahlili. Fiziologik faol moddalar va biologik faol qoʻshimchalarning farmako-toksikologiyasini oʻrganish. Institut olimlari olib borgan izlanishlar natijalari asosida 2017-yilda e’lon qilingan ishlar soni 709 boʻlib, shulardan 222 ta maqola va 487 ta tezislar, 4 ta monografiya, 7 ta uslubiy qoʻllanma chop etildi, 10 ta ihtironi qayd qilish uchun intellektual mulk agentligiga talabnoma topshirildi. Institut xodimlari tomonidan 2 ta patent olindi, 8 ta patentning amal qilish muddati davom etmoqda.

Instituda bajarilayotgan tadqiqot ishlarining innovatsion ishlanmalar bilan yakunlanishiga alohida ahamiyat beriladi. Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi tomonidan e’lon qilinadigan innovatsion va amaliy loyihalar tanlovlarida institut xodimlari oʻz ilmiy loyihalari bilan muntazam ishtirok etib, bugungi kunda 6 ta amaliy va 3 ta innovatsion loyihalar ustida ishlar davom ettirilmoqda.

Institutda bajarilgan ilmiy ishlar natijasi 2008-2017-yillarda oʻtkazilgan “Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi”da namoyish etildi va 78 nomdagi preparatlar Davlat ma’lumotlar bankiga kiritildi. Institutda yaratilgan ilmiy ishlanmalarning amaliyotga tadbiqini yanada faollashtirish hamda Respublikamizga kirib kelayotgan dori preparatlarni standartlash maqsadida 2002-yilda “Dori vositalarini standartlash ilmiy markazi” tashkil etildi. Tashkil etilgan vaqtdan boshlab 15 yil davomida ilmiy markaz xodimlari tomonidan institut ilmiy ishlanmalarini amaliyotga tadbiq boʻyicha katta amaliy va uslubiy yordam berib kelinmoqda. Ilmiy markazda xom ashyo va substansiyani standartlash ishlari amalga oshirildi hamda xom ashyo va substansiyaga VFM loyihalari ishlab chiqilishi keng yoʻlga qoʻyilgan.

Institutda bugun

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taʼlim bosqichlari: oʻrta taʼlim (1 ta litsey), bakalavriat (6 ta yoʻnalish), magistratura (5 mutaxassislik) va doktoranturadan iborat.
Institutda har yili “Farmatsiyada ta’lim, fan va ishlab chiqarishning dolzarb muammolari” xalqaro ekspertlar ishtirokda respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazilib kelinadi.Undan tashqari "Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammo va istiqbollar" xalqaro ilmiy-amaliy konfirensiyasi,"Talabalar ilmiy anjumani", " Ibn Sino izdoshlari" respublika konfirensiyalari ham har yili tashkillashtiriladi. Undan tashqari institut o'zining "Farmasevt" nomli ilmiy jurnalini davriy ravishda chop etib boradi.

Faxrli ustozlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tulyaganov Rustam Tursunovich

Urmanova Flyura Faridovna



  1. [www.farjur.uz „Farmatsevtlar jurnali“].