Kontent qismiga oʻtish

Toshkent tibbiyot akademiyasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Toshkent tibbiyot akademiyasi

TTA bosh oʻquv binosi
Xalqaro nomi
Tashkent Medical Academy
Turi Akademiya
Asos solingan sanasi 1920-yil
Rektori Shadmanov Alisher Kayumovich
Fakultetlar 6
Talabalari 9056 ta
Bakalavriat 6 yil
Magistratura 3-4 yil
Fan doktorlari 345
Professorlari 945
Oʻqituvchilari 1200
Manzili
Olmazor tumani
Veb-sayti Tma.uz
Map
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

Toshkent tibbiyot akademiyasi — Respublikada yuqori malakali tibbiyot kadrlari tayyorlaydigan yetakchi oliy oʻquv yurti hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 29-iyuldagi 178-qarori bilan Toshkent shahrida 1- va 2-Toshkent davlat tibbiyot institutlari negizida (Toshkent birinchi tibbiyot instituti, Toshkent ikkinchi tibbiyot instituti) tashkil etilgan. Akademiya yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash sifatini oshirish, oʻqish jarayonini tashkil qilishning zamonaviy talablariga mos keladigan zarur oʻquv va moddiy texnika bazasini yaratish, ilgʻor taʼlim texnologiyalarini keng joriy etish asosida yangi mazmun bilan boyitish, boʻlgʻusi mutaxassislarning taʼlimi ular tomonidan aniq davolash amaliyoti malakalarini egallash bilan chambar-chas bogʻlab olib borilishini taʼminlash maqsadida tuzilgan. Akademiyada 5 ta (davolash, tibbiy-pedagogika, tibbiy-profilaktika, oliy hamshiralik ishi va malaka oshirish) fakultetlari, 58 kafedra, aspirantura, markaziy ilmiy tadqiqot va markaziy klinik labaratoriya, 2200 oʻrinli klinika, ilmiy tibbiy axborot boʻlimi, muzey, akademik litsey, kutubxona (800 mingdan ziyod asar), nashriyot va bosmaxona mavjud. Hozirgi kunda 9000 dan ortiq talaba, shuningdek, magistratura yoʻnalishida 40 mutaxassislik boʻyicha 600 dan ortiq rezident taʼlim oladi. Toshkent shahridagi yirik kasalxonalarda qoʻshimcha klinik bazalarga ega[1].

Toshkent tibbiyot akademiyasi Markaziy Osiyoda tibbiyot mutaxasisilari tayyorlaydigan eng yirik oliy taʼlim muassasasi xisoblanadi.

Turkiston davlat universiteti, tibbiyot fakulteti

(1919—1931-yillar)

1919-yil 13-aprelda Turkiston davlat universiteti tarkibida tibbiyot fakultetini tashkil etish qarori qabul qilingan[2].

1919-yil 17-sentyabrda Turkiston davlat universitetining birinchi ilmiy kengashida tibbiyot dekani etib professor P. P. Sitnovskiy saylangan[3].

1920-yilning 7-sentyabrida Turkistonda dorilfunun taʼsis etish haqidagi xujjat imzolangan. Dorilfunun tarkibiga tibbiy fakultet ham kiritilgan edi. 1921-yildan boshlab tibbiy fakultet shifokorlarni tayyorlay boshlagan.

1919—1921-yillarda fakultetning tashkiliy davri boʻlib, fakultetning moddiy bazasi yaratilgan.

Keyingi davrlarda fakultetga prof. K. G. Xrushev (1921—1924-yillar) va M. I. Slonim (1924—1926-yillar) rahbarlik qilganlar. Ushbu davrlarda fakultetning moddiy texnik bazasi ancha yaxshilangan boʻlib, klinik kafedralarda darslar oʻtilishi takomillashib borgan. Taʼlim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida ilmiy-pedagoglar tarkibiga professor N. I. Ragoza (ichki va yuqumli kasalliklar), A. N. Murzin (koʻz kasalliklari), I. S. Milman (teri va tanosil kasalliklari), N. I. Osinovskiy (bolalar kasalliklari), S. A. Molchanov (rentgenologiya), G. N. Terexov (patologik anatomiya), G. I. Ilin (operativ jarrohlik), S. E. Tsimmerman (normal anatomiya), M. S. Astrov (fakultet jarrohligi), D. A. Vvedenskiy (urologiya)lar taklif etilgan. 1922-yilda 27 ta talaba tibbiyot fakultetini tamomlagan.

1923-yilda tibbiyot fakultetida 973 ta talaba tahsil olgan boʻlib, ularning koʻpchiligini (425 tasini) qizlar tashkil etar edi

Fakultet rivojida P. F.Borovskiy (1926—1928-yillar), N. I. Ragoza (1928—1929-yillar) hamda G. P. Fedorov (1929—1931-yillar) katta hissalarini qoʻshganlar.

Toshkent Davlat tibbiyot instituti

(1931—1990-yillar)

1931-yilda tibbiyot fakulteti mustaqil tibbiyot institutiga aylantirilgan. 1931-yilda uning birinchi direktori lavozimiga G. P. Fedorov tayinlangan, shu yilning oxiriga kelib tibbiyot fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritgan X. U. Umarov institut direktori etib tayinlangan.

1932-yilga kelib 177 ta oʻqituvchi, shundan 25 ta professor, 26 ta dotsent, 104 assistent 1099 ta talabaga dars berganlar.

1932-yildan 1936-yilgacha institutga B.Sattarov rahbarlik qilgan.

Oʻrta Osiyo tibbiyot institutining ilk bitiruvchilari ustozlari bilan 1934-yil

1935-yilda Oʻrta Osiyo tibbiyot instituti Toshkent tibbiyot instituti deb qayta nomlangan.

1937-yilga kelib institutda 1400 ta talaba tahsil olgan.

1938-yilda institutga M. U. Mirsagatov rektorlik qilgan. Ushbu davrga kelib Respublika rahbariyati institutga katta mablagʻ ajratgan bulib, koʻpgina yangi klinik binolar (eksperimental bino, yuqumli kasalliklar, onkologiya, protezlash ortopediyasi) qurilib, mavjudlari esa mukammal taʼmirdan chiqarilgan. Institut maydoni yangi qurilgan binolar, klinikalar hisobiga 2 barobarga kengaygan.

1940-yilda institutga B. I. Berliner, 1941-yilda R. I. Poʻlatov rektorlik qilishgan.

1941—1945-yillarda Ulugʻ Vatan urushi davrida institut maydonida 10 dan ortiq evakogospitallar ochilgan va ayrim professor-oʻqituvchilar frontga joʻnab ketishgan. Ular orasida D. A. Vvedenskiy, L. D. Vasilenko, A. M. Geller, B. A. Stekolnikov boʻlgan

Oʻrta Osiyo tibbiyot institutining 9-bitiruvchilari oʻqituvchilari bilan birga

1944-yilda institutga Y.K.Moʻminov rektor boʻlgan.

Ulugʻ Vatan Urushi yillarida Toshkent Davlat tibbiyot institutida 2122 nafar shifokor tayyorlangan boʻlsa ulardan 1630 nafari frontga ketgan. Ular orasida M. A. Ashrapova, M.Muxarramova, S. A. Fayziev, N. K. Axmedov, M.Akmalov, U.Umarov, V. S. Karuxina, L. I. Vaskovskaya, L.Y. Sturgatskaya, S. A. Dopimov, F. F. Amirov, N. D. Maxsumov, N. A. Kanbulinlar boʻlishgan.

1945-yilda institutga H. Z. Zoxidov rektor lavozimiga tayinlangan. Urushdan keyin institutda oʻqish 6 yil qilib belgilangan. Bu davrga kelib professor-oʻqituvchilar tomonidan yangi oʻquv dasturlari yaratilgan. Institut yangi maxsus tibbiy asbob-uskunalar bilan taʼminlangan.

1945—1946-yillarda fakultetlarda jami 2752 talaba tahsil olgan boʻlsa, shulardan 600 tasi institutga yangi qabul qilingan 1 kurs talabalari boʻlishgan. Institutda darslar oʻzbek va rus tillarida olib borilgan.

1947-yilda institutga Y. H.Toʻraqulov rektorlik qilgan. Institut ushbu yillarda tibbiyotning 12 ta katta muammoli masalalar boʻyicha maqsadli ilmiy yoʻnalishlarda ilmiy izlanishlar olib borgan.

Toshkent Davlat Tibbiyot Institutiga 1950-yilda A.Gʻ.Gʻulomov rektor lavozimiga tayinlangan va u 15 yil davomida 1965-yilgacha institutga rahbarlik qilgan.

1945—1953-yillarda talabalar soni 2752 tadan 3158 tagacha koʻpaygan.

1954-yilda institutda stomatologiya fakul’teti qayta ochilgan.

1960-yillarning oʻrtalariga kelib, institutda 57 ta fan doktori, 18 ta Respublikada xizmat koʻrsatgan fan arboblari, 13 ta xizmat koʻrsatgan shifokor, 2 ta Oʻzbekiston fanlar Akademiyasining muhbir aʼzolari (A. A. Asqarov, N. I. Ismoilov) va 2 ta sobiq SSSR tibbiyot fanlari akademiyasi muhbir aʼzolari (Z. I. Umidov, E. I. Ataxanov) faoliyat koʻrsatganlar. 57 nafar professorlardan 22 tasi oʻzbek millatiga mansub edi.

1962-yildan institutda Osiyo, Afrika, Lotin Amerika davlatlaridan talabalar kelib oʻqiy boshlagan.

1960—1967-yillarda institutda kechki davolash fakulteti faoliyat koʻrsata boshlagan. 1961-yilda 4000 ta talabadan 2395 tasi oʻzbek millatiga mansub qizlar boʻlishgan.

1965-yilning sentyabrida institutga akademik K. A.Zufarov rektor lavozimiga tayinlangan.

1971-yilda akademik K. A.Zufarov Oʻlka tibbiyoti ilmiy-tadqiqot institutiga direktor etib tayinlanishi munosabati bilan institutga akademik U. A. Aripov rektor etib tayinlangan va u 1984-yilgacha institutga rahbarlik qilgan.

1972-yilda institutning 2 ta davolash, pediatriya, sanitariya-gigiena, stomatologiya fakultetilarida 10 mingdan ziyod talaba taʼlim olgan boʻlsa, shu yili 1 – kursga 1500 ta talaba qabul qilingan.

Oʻzbekistonning yarim aholisini bolalar tashkil etganligini inobatga olib 1972-yilda mustaqil Oʻrta Osiyo pediatriya instituti, keyinchalik Toshkent pediatriya tibbiyot instituti tashkil etilgan.

Toshkent Davlat Tibbiyot Institutiga 1961-yilda xorijiy davlatlardan 22 ta talaba qabul qilingan boʻlsa, 1980-yillarga kelib ularning soni 170 tadan oshib ketgan.

1980-yillarning oxirlariga kelib institutda professor-oʻqituvchilarning soni 1042 tani, shu jumladan 6 ta akademik, 24 ta Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan shifokor, 90 ta tibbiyot fanlari doktori, professorlar, 207 ta tibbiyot fanlari nomzodlari, dotsentlar talabalarga taʼlim-tarbiya berishgan.

Ushbu davrda institutdagi oʻquv, oʻquv – uslubiy, ilmiy, davlat ishlari va xalqaro aloqalar yanada yaxshilangan. Institut Vengriya, Germaniya, Polsha va Rossiyaning yetakchi tibbiyot oliygoxlari bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan. 1984-yilda institutga rektor lavozimiga professor O. S. Maxmudov tayinlangan. 1987-yilda tanlov asosida professor N. X. Shomirzaev rektor etib tayinlangan. Ushbu yillarda institutda talabalar Rossiya va Ukrainaning yetakchi tibbiyot oliygoxlariga ham oʻqishga qabul qilina boshlangan. 2 yil mobaynida ularning soni 2000 ta talabadan ziyod boʻlgan.

Birinchi va Ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1990-yilga kelib bir necha oʻquv bazalarida joylashgan katta institutni boshqarishda tugʻilgan qiyinchiliklarni eʼtiborga olib institutni ikki qismga – birinchi va ikkinchi tibbiyot institutlariga ajratish xaqida 1990-yil 23-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarori qabul qilingan.

Institut ikkiga ajratilgandan soʻng, Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti rektori lavozimiga Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi professor T. A. Daminov, Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti rektori lavozimiga professor X.Y. Karimov tayinlangan.

Dastlab, Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutida ikkita fakultet – davolash va stomatologiya fakultetlari, Ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutida davolash va sanitariya-gigiena fakultetlari mavjud edi.

Filiallar va malaka oshirish markazi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1992-yil mart oyida Urganch shahrida Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutining filiali ochilgan. 1992-yilning mart oyida Fargʻona shahrida Fargʻona Davlat universiteti qoshida Tibbiyot markazi ochilgan (sanitariya -gigiena fakulteti) keyinchalik ushbu markaz Ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti filialiga aylantirilgan[4]. Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti qoshida yangi oʻqituvchilar malakasini oshirish fakulteti tashkil etilgan. Keyinchalik ushbu fakultet 1998-yilda tibbiyot oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilarini malakasini oshirish Markazi deb nomlangan. Ikki institutda ham 1998-yildan umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlash dasturiga oʻtilgan. 2000-yilda yuqori malakali ilmiy pedagogik kadrlarni hamda mutaxassis shifokorlarni tayyorlash maqsadida magistratura yoʻnalishi tashkillashtirilgan.

Bugungi kunda Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch va Termiz filiallari mavjud.

Toshkent tibbiyot akademiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent tibbiyot akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 19-iyulidagi PF-3629 sonli farmoni asosida faoliyati tugatilgan Birinchi va Ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutlarining negizida yuqori malakali tibbiy xodimlarini tayyorlash sifatini oshirish va oʻquv jarayonini tashkil etishning zamonaviy talablariga javob beradigan zarur oʻquv va moddiy-texnik bazani yaratish, unga ilgor taʼlim texnologiyalarini kiritish asosida yangi mazmun bilan boyitish, boʻlgʻusi mutaxassislar tayyorlanishini tibbiyot amaliyotining muayyan koʻnikmalari bilan bir vaqtda egallashlarini uzviy bogʻlash maqsadida tashkil etilgan.

Toshkent tibbiyot akademiyasi rektorlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Toshkent tibbiyot Akademiaysi bosh oʻquv binosi ichki hovlisi
TTA bosh oʻquv binosi
Ism familyasi Rektorlik yillari
1. G. P. Fyodorov 1931-yil
2. X. U. Umarov 1931—1932-yillar
3. B.Sattorov 1932—1936-yillar
4. E. Y. Shurpe 1936-yil
5. V. D. Shtiben 1937-yil
6. U.Nedrit 1937—1938-yillar
7. Mirza Usmanovich Mirsagatov 1938—1940-yillar
8. Boris Isayevich Berliner 1940—1941-yillar
9. Yoqub Karimboboyevich Moʻminov 1941—1944-yillar
10. Xakim Zohidovich Zohidov 1945—1947-yillar
11. Yorqin Xolmatovich Toʻraqulov 1947—1950-yillar
12. Abdumalik Gʻulomovich Gʻulomov 1950—1965-yillar
13. Komiljon Ahmedjanovich Zufarov 1965—1971-yillar
14. Oʻktam Oripovich Oripov 1971—1984-yillar
15. Orxan Sirojiddinovich Mahmudov 1984—1987-yillar
16. Najiyulla Xabibullayevich Shomirzayev 1987—1990-yillar
17. Turgʻunpoʻlat Obidovich Daminov (1-TDTI) 1990—2005-yillar
18. Homid Yoqubovich Karimov (2-TDTI) 1990—2004-yillar
19. Shavkat Ibragimovich Karimov 2004—2016-yillar
20. Laziz Nadirovich Toʻychiyev 2016—2020-yillar
21. Alisher Kayumovich Shadmanov 2020-yildan hozirga qadar
Rektor A. K. Shadmanov Turkiyada TTA vakolatxonasi ochilishida

Toshkent tibbiyot akademiyasi prorektorlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ism familya Lavozimi Faoliyat yillari
1 Turdiqul Akramovich Bobomuratov Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor 2017-yildan buyon
2 Shuhrat Abdujalilovich Boymurodov Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor 2017-yildan buyon
3 Feruza Lyutpillayevna Azizova Ilmiy ishlar boʻyicha prorektor 2017-yildan buyon
4 Marif Shokirovich Karimov Davolash ishlari boʻyicha prorektor 2019-yildan buyon
5 Farrux Baxriyarovich Toshpoʻlatov Iqtisodiyot va tadbirkolrik ishlari boʻyicha prorektor 2021-yildan buyon

Toshkent tibbiyot akademiyasi xodimalarining unvon va mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Qahramoni

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ism Familyasi Mukofotlangan yil
1 Malika Samadovna Abdullaxoʻjayeva 2006-yil
2 Ravshanbek Davlatovich Qurbonov 2018-yil

Sotsialistik Mehnat Qahramoni

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ism Familyasi Mukofotlangan yil
1 Georgiy Alekandrovich Ilin 1925-yil
2 Aziz Toktabayevich Toktabayev 1978-yil

Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Akademigi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ism Familyasi
1 Akbar Asqarovich Asqarov
2 Aleksandr Nikolayevich Kryukov
3 Anis Lutfullayevich Alyavi
4 Vasit Vaxidovich Vaxidov
5 Jalol Nosirovich Maksumov
6 Jahongir Xakimovich Xamidov
7 Yorqin Xolmatovich Toʻraqulov
8 Komiljon Axmedjanovich Zufarov
9 Malika Samadovna Abdullaxoʻjayeva
10 Moisey Ilich Slonim
11 Nabi Majidovich Majidov
12 Nosir Ismoilovich Ismoilov
13 Ravshanbek Davlatovich Qurbonov
14 Rafael Aleksandrovich Kansenovich
15 Turgʻunpoʻlat Obidovich Daminov
16 Toʻlqin Iskandarovich Iskandarov
17 Oʻktam oripovich Oripov
18 Feruz Gafurovich Nazirov
19 Shavkat Ibragimovich Karimov

Oʻzbekistonda Xizmat Koʻrsatgan Fan Arboblari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ism Familyasi
1 Abdulla Zahidovich Zahidov
2 Abdunabi Alovutdinovich Kalanxojayev
3 Akbar Asqarovich Asqarov
4 Aleksandr Lvovich Kasenovich
5 Aleksandr Nikolayevich Kryukov
6 Aleksandr Semyonovich Volinskiy
7 Aleksey Dmitriyevich Grekov
8 Armanis Arestogesovich Akovbyan
9 Asqarxon Asrorovich Asrorov
10 Vasit Vaxidovich Vaxidov
11 Vali Majidovich Majidov
12 Jalol Nosirovich Maksumov
13 Dmitriy Alekseyevich Vvedenskiy
14 Dmitriy Lvovich Arustamov
15 Isoq Komilovich Komilov
16 Zulfiya Ibragimovna Umidova
17 Kamol Xokayevich Xojayev
18 Komiljon Axmedjanovich Zufarov
19 Mannof Atamatovich Mirzamuxamedov
20 Mixail Sergeyevich Astrov
21 Moisey Ilich Slonim
22 Munira Sadullayevna Tursunxoʻjayeva
23 Nosir Ismoilovich Ismoilov
24 Nina Mixaylovna Demidenko
25 Nosir Komilovich Axmedov
26 Nusrat Xamidovich Abdullayev
27 Orxan Sirojiddinovich Mahmudov
28 Rafael Aleksandrovich Kansenovich
29 Radik Abdullayevich Kapkev
30 Rahim Egamberdiyevich Xudoyberdiyev
31 Rahim Muhamedovich Nurmuhamdeov
32 Sadik Aliyevich Masumov
33 Tatyana Goergiyevna Ilina
34 Tursun Xoʻjayevich Najmitdinov
35 Fozil Fayzrahmonovich Amirov
36 Xomid Yoqubovich Karimov
37 Xasana Ahmedjonovna Yunusova
38 Shahob Shamsiyevich Hamrayev
39 Oʻktam Oripovich Oripov

Oʻzbekistonda Xizmat Koʻrsatgan Shifokorlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ism Familyasi
1 Abdugʻaffor Gadayevich Gadayev
2 Abdulla Zahidovich Zahidov
3 Abdunabi Alovutdinovich Kalonxojayev
4 Abdurahim Abidovich Abidov
5 Bashir Xikmatullayevich Magzumov
6 Vyacheslav Yervandovich Avakov
7 Mayiddin Rasulovich Nuritdinov
8 Turgʻunpoʻlat Obidovich Daminov
9 Toʻlqin Iskandarovich Iskandarov
10 Xasana Ahmedjanovna Yunusova
11 Erkin Yoʻldoshevich Qosimov
12 Gʻulom Maxkamovich Maxkamov

Oʻzbekiston davlat mukofoti sovrindorlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Isfm Familyasi Mutaxasisligi Mukofoti Mukofot olgan yili
1 Aziz Zavqiyevich Shaumarov Lor kasalliklari kafedrasi assistenti "Mehr Saxovat" koʻkrak nishoni 2020-yil
2 Albert Yervandovich Ataliyev Fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi assistenti "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni 1995-yil
3 Vasiliy Yakovlevich Devyatov Fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi dotsenti "Sodiq xizmatlari uchun" medali 1995-yil
4 Vosit Yorqinovich Xusanov Urologiya yoʻnalishi magistranti "Mehr Saxovat" koʻkrak nishoni 2020-yil
5 Vyacheslav Yervandovich Avakov Anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi mudiri I darajali "Sogʻlom avlod uchun" ordeni

"Mehnat Shuhrati" ordeni

1995-yil

2012-yil

6 Georgiy Lvovich Paxamov Fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi dotsenti "Doʻstlik" ordeni 2017-yil
7 Guljahon Sattorovna Babajanova 1-son akusherlik va ginekologiya kaferdasi professori "Mehnat Shuhrati" ordeni 2019-yil
8 Gulnora Karimovna Xudoyqulova Yuqumli va bolalar yuqumli kasalliklar kafedrasi dotsenti "Shuhrat" medali 2020-yil

Davolash faulteti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1935-yilda Oʻrta Osiyo Tibbiyot Institutining nomi Toshkent tibbiyot institutiga oʻzgartirilgan. Uning tarkibida 4 ta fakultet tashkil etilgan. Avval boshida davolash profilaktika nomi bilan atalgan keyinchalik davolash fakultetiga oʻzgartirilgan[5].

Davolash fakulteti dekanlari
Ism Familyalari Faoliyat yillari
1 N. I. Ragoza 1931—1936-yillar
2 S. G. Xaskin 1937—1939-yillar
3 P. A. Nedrit 1939—1940-yillar
4 A. S. Volinskiy 1940—1952-yillar
5 A. M. Geller 1952—1954-yillar
6 A. X. Xodjayev 1954—1955-yillar
7 I. Y. Laskov 1956—1959-yillar
8 S. A. Dolimov 1959—1962-yillar
9 A. I. Magrupov 1962—1964-yillar
10 M. I. Gasparyan 1964—1965-yillar
11 N. M. Majidov 1966—1967-yillar
12 M. A. Ashrapova 1967—1968-yillar
13 R. M. Nurmuhammedov 1969—1971-yillar
14 A. I. Moʻminov 1972—1980-yillar
15 N. X. Shomirzayev 1980—1982-yillar
16 K. N. Najmutdinov 1982—1987-yillar
17 M. H. Qoriyev 1987—1990-yillar
18 M. M. Mirsamatov(Birinchi TDTI) 1990—1998-yillar
19 P. I. Toshxoʻjayev(Ikkinchi TDTI) 1990—1992-yillart
20 T. X. Qayumov(Birinchi TDTI) 1998—2005-yillar
21 A. M. Hakimov(Ikkinchi TDTI 1992—1998-yillar
22 Sh. Y.Zokirxodjayev(Ikkinchi TDTI) 1999—2004-yillar
23 Q. I. Rasulov 2006—2008-yillar
24 S. P. Abdullayev 2008—2011-yillar
25 B. T. Xalmatova 2011—2014-yillar
26 P. S. Zufarov 2014—2017-yillar
27 B. T. Xalmatova 2017-yildan buyon

Bugungi kunda davolash fakultetiga 15 kafedra boʻysunadi va bu kafedralar tarkibida 300 dan ortiq: akademiklar, professorlar, dotsentlar, assistentlar faoliya yuritib kelishmoqda. Xozirda davolash fakultetida 4000dan ortiq talabalar tahsil oladi. Fakultetda Oʻzbeksitonlik talabalardan tashqari Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya, Ozarbayjon, Afgʻoniston, Saudiya Arabistoni, Hindiston va Pokistondan kelgan talabalar ham tahsil olib kelishmoqda. 2021-yil may oyidan davolash fakulteti negizida birinchi va ikkinchi davolash fakultetlariga asos solingan. Birinchi davolash fakultetiga professor B. T. Xolmatova, ikkinchi davolash fakultetiga dotsent I. I. Baxriyev dekan etib tayinlangan.

Davolash fakultetiga qarashli kafedralar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. 1-sonli fakultet va gospital terapiya kafedrasi
  2. 1-sonli fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi
  3. Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi
  4. 2-sonli ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi
  5. Urologiya kafedrasi
  6. Oftolmologiya kafedrasi
  7. Asab kasalliklari, tibbiy genetika va tibbiy psixologiya kafedrasi
  8. 1-sonli bolalar kasalliklari kafedrasi
  9. 2-sonli bolalar kasalliklari kafedrasi
  10. Anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi
  11. Xirurgik kasalliklar kafedrasi
  12. Otorinoloringologiya va stomotologiya kafedrasi
  13. 2-sonli akusherlik va ginekologiya kafedrasi
  14. Umumiy va bolalar xirurgiyasi kafedrasi

15. Patologik anatomiya kafedrasi

Yana qarang