Toshkent tibbiyot akademiyasi Chirchiq filiali
Toshkent tibbiyot akademiyasi Chirchiq filiali | |
Xalqaro nomi |
Tashkent Medical Academy Chirchik branch |
---|---|
Turi | Akademiya filiali |
Asos solingan sanasi | 2023-yil |
Fakultetlar | 2 |
Talabalari | 500 ta |
Bakalavriat | 6 yil |
Magistratura | 3-4 yil |
Manzili |
Toshkent viloyati Chirchiq shahri |
Toshkent tibbiyot akademiyasi Chirchiq filiali – Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga qarashli boʻlgan tibbiyot oliy taʼlim muassasalaridan biri hisoblanib, nafaqat Respublika miqyosida, balki Xalqaro taʼlim standartlarga javob beradigan eng malakali, chuqur bilimga ega shifokorlarni yetishtirib beruvchi oliy talim muassasasi hisoblanadi. Maskur oliy taʼlim maskani „Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi“ loyihasi ostida yangi tashkil etilgan tibbiyot bilimgoh boʻlib, shifokorlar yetishmaydigan hududlarga yuqori bilim va malakaga ega bo'lgan kadrlar bilan taʼminlash masalasini hal qiladi[1].
Tashkil etilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maskur oliy tibbiy taʼlim muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan 28-iyul 2023-yildagi PQ-244-sonli xujjati asosida Toshkent viloyatini malakali tibbiyot kadrlar bilan taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining tibbiyot fakulteti negizida tashkil etildi va ushbu oliygoh Toshkent tibbiyot akademiyasining filialiga aylantirildi[2][3][4].
Joylashuvi va tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toshkent tibbiyot akademiyasi Chirchiq filiali Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Arancha qoʼrgʼoni, Ahmad Yassaviy mahallasida joylashgan boʻlib, Sogʼliqni saqlash vazirligi tasarrufidagi sobiq 3-sonli oilaviy poliklinika, Chirchiq shahri, Amir Temur mahallasida joylashgan Chirchiq tibbiyot kollejining bino-inshootlarini tegishli hududi bilan birga operativ boshqaruv huquqi asosida maskur filialga topshirilgan. Shuningdek, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining tibbiyot fakulteti oʻquv binosi, Chirchiq shahri tibbiyot birlashmasiga qarashli davolash-profilaktika muassasa va Toshkent viloyatining viloyat darajasidagi Chirchiq shahrida joylashgan shifoxonalari ham Maskur oliy oʻquv yurtining baʼzasi sifatida foydalanishga topshirildi. Kelgusi oʻquv yillar davomida ushbu oliy taʼlim maskanini kerakli bazalar bilan taʼminlash masalalari koʻrib chiqilishi koʻzda tutilgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Toshkent tibbiyot akademiyasining Chirchiq filial“. tma.uz. Toshkent tibbiyot akademiiyasi. Qaraldi: 11-noyabr 2023-yil.
- ↑ 2,0 2,1 „ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ СОҲАСИ УЧУН ТИББИЁТ КАДРЛАРИНИ ТАЙЁРЛАШ ҲАМДА СПОРТЧИЛАРГА ТИББИЙ ХИЗМАТ КЎРСАТИШ ТИЗИМИНИ ЯНАДА ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ЧОРА-ТАДБИРЛАРИ ТЎҒРИСИДА“ (o'zbek). lex.uz. LEX.UZ (2023-yil 28-iyul). Qaraldi: 11-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Toshkent tibbiyot akademiyasining Chirchiq filiali tashkil etiladi“. daryo.uz. DARYO (31 iyul, 11:00). Qaraldi: 11-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Toshkent tibbiyot akademiyasining Chirchiq filiali tashkil etiladi“. m.kun.uz. KUN.UZ (09:27 / 31.07.2023). Qaraldi: 11-noyabr 2023-yil.